Menejment deganda, odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslarning ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi ham taalluqli hisoblanadi. Menejment (yoki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir. Ta’lim muassasasi menejmenti haqida so‘z yuritilganda, O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning 4.6-bandida so‘z yuritilayotgan jarayonning mohiyati haqida batafsil to‘xtalib o‘tilganligini alohida ta’kidlash zarur. Ushbu hujjatda qayd etilicha, ta’lim muassasasi menejmentida quyidagi holatlar nazarda tutiladi:
uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo‘li bilan boshqarib borilishi;
barcha darajadagi ta’lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonunga muvofiq belgilanadi;
ta’limning normativ-huquiy bazasi rivojlantiriladi;
moliya-xo‘jalik faoliyatini olib borish hamda ta’lim jarayonini tashkil etishda o‘quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta’minlanadi;
ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko‘ra ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqi beriladi;
muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiy vakillarni o‘z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatish kengashlari tizimi orqali ta’lim muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.
Ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarish O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonunining (1997 yil) 3-moddasida, belgilangan ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonunida, O‘zbekistonda ta’lim sohasini boshqarish respublika tasarrufidagi yuqori hukumat va uning boshqarish organlari hamda mahalliy hukumat va uning boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.
Xalq ta’limi Vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi O‘zbekiston Respublikasida ta’limni boshqarishning davlat yuqori organlari hisoblanadi. Vazirliklar o‘zini vakolatlik doirasida:
ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro‘yobga chiqaradi; ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslub masalalarida ularga rahbarlik qiladi;
davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarining bilim saviyasi va kasbiy tayyorgarligiga bo‘lgan talablarning bajarilishini ta’minlaydi;
o‘qitishning ilg’or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etadi, o‘quv va o‘quv-usulbiy adabiyotlarni yaratadi va nashr etishni tashkil qiladi;
ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim muassasalarida eksternat to‘g’risidagi nizomlarini tasdiqlaydi;
davlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinlash to‘g’risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqliflar kiritadi;
pedagog xodimlarni tayyorlash, ularning malasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etadi.
Xalq ta’limi Vazirligining mahalliy organlari quyidagilar sanaladi:
Xalq ta’limi bo‘limlari, shuningdek, mahalliy hokimlik organlari tasarrufiga kiradi va unga bo‘ysunadi.
Qoraqalpoq respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyati ikki yuqori organ nazorati ostida tashkil etiladi:
Dostları ilə paylaş: |