Davoniy adolatni inson aqliy kamoloti bilan birgalikda qaraydi. U hamma ruhiy quvvatlar birlashib aqlga bo’ysungan taqdirdagina haqiqiy adolat namoyon bo’ladi, deydi. Haqiqiy odil kishi butun quvvatini, aqlini yaxshi xislatlarni kasb etishga qaratishi kerak, adolat odamlarni baxt-saodatli qilishi lozim deb ta’kidlaydi olim.
Davoniy ham Forobiy kabi shaharlarni fozil va odil shaharlarga bo’ladi. Fozil shaharlarni odil podsho idora qilsa va o’z hukmlarida adolatga rioya qilsa va ta’magirlikni aql bilan daf’ etsa, johil shahar boshlig’i o’z manfaatini ko’zlab ish yuritadi va boylikka hirs qo’yib, xalq fikri bilan hisoblashmaydi, deydi.
Uning ta’kidlashicha, davlatni idora etuvchi adolatsiz bo’lsa, uning qo’l ostidagilar ham ta’magirlik, yolg’onchilik va boshqa xatti-harakatlar qiladilar, ya’ni podshoh ishini fuqarolar ham takrorlaydi. Xullas, fuqarolarning yaramas xulq-odoblari uchun ham hukmdor aybdor sanaladi, deydi. Agar hukmdor adolatli bo’lsa, boshqalar ham adolatli bo’lishga harakat qiladi, deydi.
Dostları ilə paylaş: |