«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» - «Ta’lim to’grisida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili hamda ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’gri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqlol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish mazmunini belgilab beruvchi yuridik hujjat.
Tеst – (inglizcha – sinash) birоr-bir faоliyatni bajarish uchun ma’lum darajadagi bilimni egallashga qaratilgan tоpshiriqlar. Tеst to’g’ri bajarilganligini o’lchash va bahоlash maqsadida har bir tеstga ekspеrt mеtоdi yordamida etalоn ishlab chiqiladi.
Akademik litsey - o’quvchilarning imkoniyatlari va kizikishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chukur, sohalashtirilgan, tabakalashtirilgan, kasbga yo’naltirilgan ta’lim olishlarini ta’minlash maksadida davlat ta’lim standartlariga muvofik o’rta maxsus ta’lim beruvchi, yuridik makomga ega ta’lim muassasasi.
shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi;