Munozara tarbiyalanuvchilarga hissiy-og’zaki ta’sir ko‘rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli bo‘lib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, estetik va huquqiy mavzular (“Did haqida bahs”, “Mashhur bo‘lish yo‘llari”, “Biz madaniyatli kishilarmizmi?” va hokazolar)da o‘tkaziladi. Munozara turli nuqtai nazarlar to‘qnashgan vaziyatda o‘quvchilarda ma’lum hodisaga nisbatan ishonch hosil qilishga yordam beradi.
3.Faоliyatni tashkil etish va ijtimоiy хulq-atvоr mе’yorlarini shakllantirish