Huquqiy madaniyat – shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning o‘zlashtirilishi hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish darajasining sifat ko‘rsatkichi.
Huquqiy faoliyat huquqiy me’yorlar, qonunlar talablariga nisbatan ongli yondashish, ularga qat’iy va og’ishmay amal qilish, qonunlarni hurmat qilish, ularni shaxs erkini himoya qilish kafolati sifatida e’tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol ishtirokni tashkil etishga yo‘naltirilgan amaliy xatti–harakatlar majmui.
SHaxs huquqiy madaniyatining muhim tarkibiy qismlari sifatida quyidagilar e’tirof etiladi: huquqiy tasavvur, huquqiy idrok, huquqiy savodxonlik, huquqiy tafakkur, huquqiy faollik, huquqiy mas’ullik, huquqiy e’tiqod, huquqiy salohiyat.
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ijtimoiy tarbiyasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mehnat tarbiyasi ni shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va uning natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga ko‘maqlashsin. Mehnat tarbiyasi ning provard maqsadi shaxs xarakterining asosiy xislati sifatida uning mehnatga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirishdir.
Topshiriq - o’quvchilarda mehnat, ijtimoiy hulq va hayotiy tajriba ko’nikmalarini shakllantirish maksadida ko’llaniladigan usul.
Ragbatlantirish - tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko’ngilini ko’tarish va uni ko’llab-kuvvatlash usuli.
Dostları ilə paylaş: |