1-modul: Pedagogikaning metodologik asoslari


Axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismlari, shakl va metodlari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə219/447
tarix31.12.2021
ölçüsü1,02 Mb.
#112236
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   447
Yangi majmua(1)

Axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismlari, shakl va metodlari.

Arzimas bo‘lib ko‘ringan, lekin shaxsning kelajak hayot va ksbiy faoliyatni tashkil etishda, muvaffaqiyatga ega bo‘lish yo‘lida, zarurli bo‘lgan bu kabi odatlardan holi bo‘lishda o‘quvchilrga yordam ko‘rsatish o‘qituvchilarning muhim vazifalaridan sanaladi.

Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yohud axloq» asarida axloq «insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur», - deydi. Aynan axloq, uning ijtimoiy ahamiyati haqida ma’lumot beruvchi mazkur manbada alloma yaxshi va yomon xulqlarga to’xtalib o’tadi. 54

Allomaning nuqati nazaricha, yaxshi xulqlar quyidagilardan iborat: fatonat (aql), diyonat (e’tiqod), nazofat (poklik va tozalik), g’ayrat, riyozat (savob ishlar), qanoat, shifoat, ilm, sabr, hilm (yumshoq tabiat) intizom, nafs me’yori, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison (til va adabiyot), iqtisod, viqor (g’urur), muhabbat, avf (kechirimli bo’lish). Bu xislatlar ma’naviy-axloqlilikning asosiy sifatlari sanaladi. Ular asosida Vatanga muhabbat va sadoqat, mehnatga axloqiy munosabat, o’z atrofdagilarga axloqiy yondashuv, shuningdek, har bir o’quvchining o’zi va shaxsiy xulq-atvoriga munosabatni qaror toptiriladi.

Abdulla Avlniy yomon xulqlar sirasiga quyidagilarni kiritadi: g’azab, aysh-ishrat, jaholat, safohat (umri va molini bekorchi narsalarga sarf etish), hamoqat (o’zbilarmonlik, manmanlik), adolat (dangasa, yalqov), hasosat (ta’ma, hirs), rahovat (g’ayratsizlik), anoniyyat (xudbin, mutakabbir, manman), adovat (kek saqlash), namimat (chaqimchilik), g’iybat, haqorat, jibonat (qo’rqoqlik), hasad, kizb (yolg’on), nifoq, ta’ma, zulm va boshqalar.

O’quvchilarda ijobiy sifatlarni tarbiyalash ularning salbiy xislatlardan holi bo’lishlariga yordam beradi. Bu esa dastlab o’quvchilarga xulq-odob me’yorlari va qoidalarini anglash va shaxs ongini shakllantirishga doir metodlar asosida amalga oshiriladi.

Bunga badiiy va ilmiy-ommaviy adabiyotlarni o’qish, kinofilm va spektakllarni tomasha qilish, maxsus tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifat kunlarida turli mavzularda suhbatlar tashkil etish natijasida axloqiy tushunchalar va xulq-odatlar paydo bo’la boshlaydi. O’quvchilar o’zlari va boshqalarning xatti-harakatlarini baholay boshlaydilar. Buning uchun turli ma’naviy-axloqiy mavzularda o’tkaziladigan suhbat va munozaralarda o’quvchini fikr yuritish, o’ylashga yo’naltirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, «Do’stimiz Kamol qangday qilib narkomanlar davrasiga tushib qoldi?», «Siz erkinlik deganda nimani tushunasiz?», «Zamonaviylik – bu nima?» kabi mavzulardagi suhbat, bahs va munozaralar o’quvchilarni o’ylash, fikr yuritishga yo’llaydi, ularda salbiy xislatlardan saqlanish, yaxshi odatlarni o’rganishga bo’lgan intilish va qiziqishlari tarkib topa boshlaydi. Ularning, ayniqsa, o’z xatti-harakatlarini baholashga bo’lgan intilishlari va ishonch, e’tiqodlari shakllanadi.

Debat, munozara va suhbatlar ma’naviy-axloqiy tarbiyaning eng dolzarb muammolariga bag’ishlanishi zarur.

Bunda o’quvchilarni qiziqtirish va ularni jonli muloqotga undash muhimdir.

O’quvchi faoliyatini tashkil etish va xulq-odobni shakllantirish metodlaridan mashqlantirish, o’rgatish, pedagogik talab qo’yish jamoa fikrini hisobga olish, topshiriqlar berish, tarbiyaviy vaziyatlar hosil qilish va boshqa metodlardan foydalanish samarali natijalar berishi mumkin.

Lekin o’quvchilarni faol, maqsadga yo’naltirilgan faoliyatga jalb etmasdan turib, axloqning biror turiga mos tarbiyalab bo’lmaydi. Bunda mashqlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mashqlantirish asosida shaxsning u yoki bu axloqiy xislati shakllanadi va amaliy faoliyatga aylanadi.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   447




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin