1-modul: Pedagogikaning metodologik asoslari


Estetik tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə225/447
tarix31.12.2021
ölçüsü1,02 Mb.
#112236
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   447
Yangi majmua(1)

2.Estetik tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari.

Estetik tarbiyaning mazmuni o`quvchilarda estetik bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishni hamda, estetik his-tuyg’u, qiziqish, ehtiyoj, baho berish va didlarini tarbiyalashni o`z ichiga oladi.

Estetik tarbiya bu san’at tabiat va jamiyat hodisalaridagi nafosatlilikni idrok etish tushunish ijod qilish va hayotini estetik qonun qoidalar asosida tashkil qilishdir.

Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda estetik idrokining psixologik qonuniyatlarini hisobga olish lozim. Bu xususiyatlar ilk yoshdagi bolalarga xos hamda rivojlanish, estetik tajribasi, tasavvurlarning shakllanganlik darajasiga bog’liq. Atrof-olam hodisalari dastlab estetik sifatida namoyon bo‘lmaydi. Bunday bo‘lishdan oldin ular idrok etiluvchan, mazmunli, tushunarli bo‘lishi lozim. Demak, tarbiyasichi, o‘qituvchining birinchi navbatdagi vazifalaridan biri o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, eng murakkab hodisalar hamda go‘zallik shakllari, estetik muammolarini anglab yetishi lozim. Nafosatni idrok etishning muhim unsuri – hissiyotlilik. San’at, borliqni yorqin aks ettiruvchi yuqori badiiy asar mazmunini idrok etishda o‘quvchilar quvonch yoki g’azab, qo‘rqinch yoki ishonchni his etadilar. Bu tuyg’u go‘zallik qonuniyatlari g’oyasi bilan yashashga undaydi.



Estetik tarbiyaning vositalari o‘quvchilarning go‘zallikni sevish ruhida tarbiyasilash maqsadida tevarak-atrofdan tanlab olingan turmush, tabiat, san’at go‘zalligi va bolalarning badiiy faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonda qo‘llaniluvchi omillar sanaladi.

Oila go‘zallikning birinchi maktabidir. Oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari, uy-jihozlari, ularning yagona birligi, uyg’unligi, tartibli joylashtirilishi, saranjom-sarishtalik, maktabning bezatilishi, maktabdagi yodgorlik va a’lochilar burchagi kabilarning barchasi bevosita bolalarda go‘zallikni tarbiyasilashda katta ta’sir ko‘rsatadi.




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   447




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin