Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlab, ota-onalarda o‘ziga xos faollikni ham yuzaga keltiradi. Xususan, farzandlarning bevosita ta’siri tufayli ularning qiziqish hamda faoliyatlari doirasi kengayadi, o‘zaro aloqalari mazmunan boyib boradi, real hayot mohiyatini chuqurroq anglash, ya’ni, farzandlar kamoloti, kelajagi timsolida o‘z umri davomiyligini kurish holati ro‘y beradi.68
2.Оilaviy tarbiyaning huquqiy asоslari.
Oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar axloq-odob va huquqiy qoidalar bilan birga tartibga solinadi. SHuning uchun ham oila huquqi huquqning mustaqil sohasi bo‘lib, nikoh, qon-qarindoshlik, bolalarning nasl-nasabini belgilash, ota-ona qaramog’idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllaridan kelib chiqadigan munosabatlarni huquqiy tartibga soladi.
Agar oila huquqi tushunchasiga muxtasar ta’rif berib aytadigan bo‘lsak, bu er-xotinlar, qarindoshlar, ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) va bolalar o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy va ular bilan bog’liq mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq tarmog’i hisoblanadi. SHu ta’rifdan ham ko‘rinib turibdiki, oila huquqi fuqarolik huquqi bilan chambarchas bog’liq bo‘lish bilan birga, farq qiluvchi xususiyatlarga ham ega. YA’ni: birinchidan, oilaviy munosabatlar fuqarolik huquqiga xos bo‘lmagan yuridik faktlar (nikoh, qarindoshlik, onalik, otalik, farzandlikka olish va hokazolar) asosida vujudga keladi, ikkinchidan, oilaviy munosabatlar fuqarolik huquqidan farq qilib, ko‘proq shahsiy-huquqiy mohiyatga ega bo‘ladi, uchinchidan, oilaviy huquq sub’ektlarining huquq va majburiyatlari ularning o‘zlarigagina tegishli huquq va majburiyatlar sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |