Darsliklar va ulraga qo’yiladigan zamonaviy talablar.
Darslik o’quv jarayonining asosi. Darslik o’quvchining uydagi muallimi, har bir fanning mazmuni, maqsadi, vazifasi darslikda yoritiladi, darslik, ya’ni fan ob’ektiv borliq o’rtasidagi muhim qonuniyatli bog’lanishlarini aks ettiradi, darslikdagi bilimlar tizimi o’zaro ichki, mantiqiy bog’lanishlarga ega bo’lib, ular didaktika talabiga muvofiq ravishda bayon qilingan.Darslik quyidagi talablarga amal qilgan holda yaratiladi:
1. Har bir o’quv fani uchun yaratiladigan darslikda ilmiy bilimlar tizimi va uning hajmi dastur talablariga sinf o’quvchilarining yosh hususiyatlariga mos kelishi kerak.
2. Darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlarning nazariy asoslari, g’oyaviy yo’nalishlari tizimli va izchil bo’lishi talab qilinadi. Ular hayotdan olingan, ishonarli bo’lishi lozim. Keltirilgan fakt va dalillarning ishonchli bo’lishi, ular to’g’ri taxlil, aniq ta’rif etilishi tegishli xulosalar chiqarilishi lozim. SHu holdagina o’quvchilardagi ilmiy dunyoqarash, eng yaxshi insoniy fazilatlar tarkib toptiriladi.
3. Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog’langan bo’lishi kerak.
4. Darslikda mavzu sodda, ravon tilda yozilishi, hamda tegishli qoida va ta’riflari berilishi kerak. Darslik ichidagi va muqovasidagi chizilgan rasmlar va bezatilishi o’quvchining yoshiga mos, fanning harakteriga monand bo’lmog’i zarur.
5. Mavzulardagi fikrlar aniq va qisqa bo’lishi, ilmiylikka asoslanishi kerak.
Mamlakatimizda pedagogika ilmi ham, amaliyoti ham yangilanib bormoqda. Ma’lumki, har qanday millatning yangilanishi yoshlar tarbiyasidan boshlanadi.
Pedagogika o’quvchilarning ruhiy, jismoniy, genetik va mintaqaviy o’ziga xosliklarini to’liq hisobga olgandagina yuqori samaradorlikka erishishi mumkin.
Hozirgi davrda yaratilayotgan darsliklarning asosiy kamchiligi millatimiz bolalarining psixologik o’ziga xosliklarini, fikrlash tarzini to’liq hisobga olishga erisha olinmayotganida, deb bilamiz. Bizning mutaxassislarimiz didaktik vositalar orqali o’quvchilarga hamma gapni aytib berishga odatlanib qolishgan. Holbuki, o’quvchini o’qitish kerak emas, uni o’zini o’qiydigan holatga olib kelish lozim. Toki bolaning o’zi izlanmas ekan, ta’limda yutuqa erishish mumkin emas. Demak, yaratilayotgan didaktik vositalar jumboqli harakterga ega bo’lishi, o’quvchilarni o’ylanishga, izlanishga, sinab ko’rishga da’vat qiladigan tarzda tuzilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |