Takrorlash, tizimlashtirish va umumlashtirish darslari o‘quv dasturining katta bo‘limlarini takrorlash bilan bog’liq va darhol mavzularni o‘rganilgandan keyin yoki o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi.
Laboratoriya mashg’ulotlarida bolalar turli o’quv predmetlari bo’yicha tajribalar, turli qurilmalar yordamida sinov ishlari o’tkazishadi. Laboratoriya mashg’ulotlari amaliy dars ham deb yuritiladi. Amaliy darslarda o’quvchilar guruhlarga ajralib, turli esperimental topshiriqlarni bajarishadi.
Dars tuzilishi zamonaviy dars amaliyoti va nazariyasida printsipial, ahamiyatga ega, xuddiy shunday ta’limda samaradorligi va natija egaligini aniqlab beradi. Dars elementlari sifatida quyidagi tarkibiy qismlar ajratiladi:
- yangi materialni o‘rganish;
- uyga vazifa;
- bilimlarni nazorat qilish;
- bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish;
- o‘rganilgan materiallarni mustahkamlash.98
5.Ta’limni tashkil qilishning nоan’anaviy shakllari: o’quv dialоgi, munоzara, didaktik o’yinlar, trеning va bоshq.
Mustaqil O’zbekistonimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda Ta’lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bilan bog’liq ishlar qilinmoqda. Ta’limni KVN, munozara, disput, konferensiya, mushoira, sud o’yinlari va boshqa shakllarda tashkil etishga harakat qilinmoqda. O’quvchilar faolligini oshiruvchi turli interfaol usullar keng qo’llanilmoqda. Bularga misol tariqasida Sinkveyn, Klaster, Aqliy hujum, T-CHizma, Insert jadvali, B-B-B jadvali, Venn diagrammasi, Konseptual jadval, Semantik xususiyatlar tahlili va boshqalarni keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |