1-modul: Pedagogikaning metodologik asoslari


Darsni tayyorlash va o‘tkazish



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə350/447
tarix31.12.2021
ölçüsü1,02 Mb.
#112236
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   447
Yangi majmua(1)

Darsni tayyorlash va o‘tkazish. Zamonaviy darsga quyilayotgan yuksak talablar o‘qituvchini har bir darsga juda va puxta o‘ylab tayyorlanishga majbur qiladi. Har bir darsga puxta tayyorlanishning sababi o’quvchilar tarkibining o‘zgarayotganligi, akselerattsiya jarayonlarining kuchayuvi, informatsiyalarning “sel”dek oqib kelayotganligi, turli mafkuraviy poligonlarning paydo bo‘layotganligi, ish sharoitlarining ham o‘zgarayotganligi, ta’limda yangi innovatsion va axborot texnologiyalaridan keng foydalanilayotganligidadir. Ammo, o‘qituvchining har bir alohida darsga tayyorlanish, uning o‘z o‘kuv ishiga tayyorlanish tizimining bir qismi, xolos.

Bu tizim: 1) o‘qituvchining o‘z predmeti bo‘yicha butun kurs yuzasidan tayyorlanishi; 2) o‘quv dasturining har bir mavzusiga tayyorlanish; 3) har bir darsga tayyorlanishni ichiga oladi.

Har bir alohida darsga tayyorlanishda o‘qituvchi quyidagi ishlarni amalga oshiradi: mavzuni aniqlaydi va dars vazifalarini konkretlashtiradi;

O‘quv materiali mazmunini ajratadi va uni didaktik jihatdan ishlab chiqadi(etakchi tushuncha, qonuniyat, fakt va amaliy ma’lumotlarni ajratadi); ilgari o‘rganilgan bilan bog’lanishni, mazmunni joylashtirish mantiqini nazarda tutadi;

O‘quvchilarning o‘quv- bilish faoliyatlari xarakterini aniqlaydi, ya’ni qanday ko‘nikma va malakalar shakllanishini, reproduktiv va izlanish faoliyati, mustaqil ish va o‘qituvchining roli o‘rtasidagi nisbat qanday bo‘lishini o‘ylab quyadi. SHu shakllarni ishlab chiqadi, dars qismlarini ajratadi.

O‘qitish metodlari: masala, mashq, muammoli savollar, topshiriqlarni tanlaydi va aniqlaydi. O‘qitishning TV tanlaydi va tekshiradi.

Butun dars jarayonini rejalashtiradi.

YAxshi tayyorlangan darsni yana uyushgan holda aniq va samarali o‘tkaza bilish ham kerak. Bunda quyilagi qoidalarga amal qilish lozim:

1) darsni aniq va uyushgan holda boshlash, buning uchun esa darsga hamma narsa oldindan tayyorlangan bo‘lishi kerak;

2) o‘quvchilar e’tiborini dars mazmuniga qarata bilish va uni butun dars davomida o‘quchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirib saqlay bilish.

3) darsda vaqtdan oqilona foydalanish;

4) o‘z hatti – harakatini kuzatish. G’oyaviy e’tiqod, yuksak ahloqiylik va madaniyat, gapirish va talab qilish, rag’batlantirish, o’quvchilarga murojaat qilish uslubi bularning barchasi o‘qituvchi faoliyatining uslubini belgilaydi, hamda o’quvchilarning zo‘r berib ishlashi yoki o‘ta emotsional qo‘g’oluvchanligini istisno qiladi.

5) darsda tadbirkorlikni namoyish qilish yuzaga kelgan sharoitni darsni o‘tkazish sharoitlaridagi o‘zgarishlarni hisobga olish zarur.

Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, o’lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o’lchash tekshirish deb ham ataladi.



Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy didaktik vazifasi o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida teskari aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish haqida ob’ektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o’z vaqtida aniqlashni ta’minlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat o’quvchining bilim darajasi, sifati, shuningdek, uning o’quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   447




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin