|
Ayni vaqtda rivojlanishidagi chetlanishlarning klassifikatsiyasi bo’yicha yagona qarash mavjud emas
|
səhifə | 385/447 | tarix | 31.12.2021 | ölçüsü | 1,02 Mb. | | #112236 |
| Yangi majmua(1)Ayni vaqtda rivojlanishidagi chetlanishlarning klassifikatsiyasi bo’yicha yagona qarash mavjud emas. M.A.Vlasova va M.S.Pevznerlar anomal bolalarning quyidagi guruhlari ko’rsatadilar: 1. Sensor xislati yetishmaydigan (noraso) bolalar (eshitish, ko’rish, nutqi qobiliyatlari, tayanch-harakat apparat va sensomotorikasining funktsiyasi buzilgan). 2. Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar. 3. Astenik yoki reaktiv holati hamda nizoli tashvishlanishga ega bo’lgan bolalar. 4. Psixopatik xulqli bolalar (xulqning emotsional buzilishi). 5. Aqli zaif bolalar (debillik, imbetsillik, idiotiya darajasidagi oligofrenlar). 6. Psixik kasallikning boshlang’ich ko’rinishi (shizofreniya, epilepsiya, isteriya va boshqalar) namoyon bo’ladigan bolalar. O.N.Usanova anomal bolalarni quyidagi guruhlarga ajratishni taklif etadi: 1. Organik buzilishlar sababli rivojlanishida chetlanish bo’lgan bolalar. 2. Funktsional yetuk emasligi sababli rivojlanishida kamchilik bo’lgan bolalar.
Dostları ilə paylaş: |
|
|