Bunday o’quvchilar individual yondashishni talab etadilar. Ularni korrektsion o’qitish davolash-sog’lomlashtirish tadbirlari bilan birga amalga oshirilishi zarur. O’quv materiali hamda ta’lim metodi PROQ bolalarning rivojlanish darajalariga mos holda tanlanishi zarur.
Aqli zaiflikning psixologik-pedagogik xususiyatlari, uning paydo bo’lishi sabablari. Aqli zaiflikni o’rganish bilan bog’liq masalalar korrektsion pedagogikada (defektologiyada) eng muhim masalalar qatoriga kiradi.
Aqliy rivojlanishi buzilgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash, ijtimoiy moslashtirish va o’rganish muammolari korrektsion (maxsus) pedagogikaning muhim sohasi - oligofrenopedagogika tomonidan o’rganiladi. “Oligofreniya” (yunoncha olygos – kam va phren - aql) termini XIX asrda mashhur nemis psixiatri Emil Krepelin tomonidan qo’llanilgan.