1. Muomala vositalari (fonetik-fonematik va nutqning umumiy rivojlanmaganligi)ning buzilishi.
2. Muomala vositalarini qo’llashdagi buzilishlar.
Maktab o’quvchilarida nutqi buzilishini psixologik-pedagogik tuzatish. Nutqiy buzilishi bo’lgan bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlari. Nutqiy buzilish, nutqiy buzilishning sabablari, mexanizmlari, simptomatikasi, borishi va tuzilishi uning oldini olish, maxsus (korrektsion) o’qitish va tarbiya masalasi bilan logopediya shug’ullanadi. “Logopediya” termini yunonchadan tarjimasi “to’g’ri nutqni tarbiyalash” ma’nosini anglatadi. Nutqiy buzilish turli mutaxassislar - fiziolog, nevropatolog, psixolog, lingvist va boshqalar tomonidan o’rganiladi.