1-modul: Pedagogikaning metodologik asoslari


Davoniy insoniy fazilatlardan



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə49/447
tarix31.12.2021
ölçüsü1,02 Mb.
#112236
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   447
Yangi majmua(1)

Davoniy insoniy fazilatlardan donolikni tahlil etar ekan, inson o’zining aqliy qobilyaitini, iste’dodini tarbiyalash uchun quyidagilarga amal qilish:

Birinchisi, zukkolik — zehn o’tkirligi. Bu kishining har bir masalani tezda hal qila olish, unda o’zi istagan natijani ola bilishida deb ko’rsatadi. Bu malakani hosil qilish uchun kishida tajriba va harakatchanlik bo’lishi talab etiladi;

ikkinchisi — fahmlilik. Bunda kishining keraksiz va ikkinchi darajali masalalarga ortiqcha to’xtalmasdan, butun diqqatni muhim va zarur masalalarga tez qarata bilishi qobiliyati, ya’ni murakkab va chigal masalalar ichidan eng muhimini tanlay bilish malakasini hosil qilish talab qilinadi;

uchinchisi — zehn ravshanligi deb ko’rsatiladi. Bu biror masalani hech qanday qiyinchiliksiz, oson yo’l bilan hal qilish iste’dodi;

to’rtinchisi — bilimni tez egallash qobiliyati. Kishi ma’lum masalaga butun diqqat-e’tiborini qarata olishi va uni hech qanday qarama-qarshiliksiz o’zlashtira olishi;

beshinchisi — qo’yilgan muammoni tezda anglashi;

oltinchisi — yodlash qobiliyati. Insonning ilgari his etgani va tasavvur qilganlarini esda saqlash qobiliyati;

ettinchisi — xotira. YOd olingan, his qilingan narsalarni kerak bo’lganda eslash qobiliyatini tezda ishga solishi lozim, deb ko’rsatadi1.

Demak, Davoniy kishi yoshlikdan o’z qobiliyatini o’stirishi, rivojlantirishi lozimligi, agar u haqiqiy baxt-saodatga erishmoqchi bo’lsa, yuqoridagi aqliy qobiliyatni rivojlantirishga yordam beruvchi fazilatlarni egallashga harakat qilmog’i lozim, deydi.

Davoniy shu bois insonning aqliy sifatlari rivojlanishiga katta ahamiyat beradi.

Davoniy bolalarning aqliy qobiliyatini rivojlantirish bilan kasb-hunar o’rgatish haqida ham qimmatli fikrlarni bildirgan. Davoniy muallimning bolalarni qaysi kasbga qiziqishi, qobiliyatini yaxshi bilishi zarurligi haqida gapirib, bola qiziqib biror hunar yoki ilm bilan shug’ullansa, unga har qanday sharoitda ham imkoniyat yaratib berish kerak, deb uqtiradi. Albatta, hamma kasblarni egallab bo’lmaydi, ammo har bir odamning biror kasbga qobiliyati bo’ladi, deydi olim. Biror kasbni egallab olishga intilgan kishi butun iste’dodini sarf etib, ana shu kasbni tezda o’rganib oladi. Bunday fikrni buyuk mutafakkir Forobiy ham o’z vaqitda ta’kidlab o’tgan edi.

Agar u yoki bu shaxsning muayyan kasb-hunarga ishtiyoqi bo’lmasa, uni majbur qilish mumkin emas, aks holda u o’zini qiynaydi va bu kasb-hunar unga baxt-saodat keltirmaydi deydi. Davoniy insonga foyda keltiradigan kasb-hunarni uchga bo’ladi: buni kishilarning ruhiy quvvatiga bog’lab ko’rsatib, birinchisini inson aqliga tegishli, deb ko’rsatadi va bunga vazirlik kasbini kiritadi. Ikkinchisi ta’lim-tarbiya natijasida vujudga keladi, deb bunga astronomiya, matematika, tib. geometriya fanlari bilan shug’ullanishni kiritadi. Uchinchisiga kishilarning shijoati, jasurligi bilan bog’liq kasblarni, ya’ni dushmanga qarshi kurash, chegarani qo’riqlash va boshqalarni kiritadi. Olim kasbi bo’lmagan, biror kasb bilan shug’ullanmaydigan kishilarni qattiq tanqid qiladi. Otasining mol-mulkiga ishonib kasb-hunar egallamydigan yoshlarni qoralaydi. Mehnat qilish, hunar egallashni targ’ib qilar ekan, mehnat inson kamoloti va baxt-saodati manbai, deb hisoblaydi. YUqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Davoniy kasb-hunar egallash insoniy fazilatlarning eng muhimi, deb talqin etadi. U kasb-hunar egalarini quyidagi toifalarga bo’lib: chunonchi, birinchi toifaga qalam ahllari: olimlar, noiblar, munajjimlar, qozilar, muhandislar, musulmon qonunshunoslari va hokazo; ikkinchi toifaga: harbiylar; uchinchi toifaga esa dehqonlar, qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanuvchilarni kiritadi.

Davoniy ayniqsa, dehqonchilik kasbini ulug’laydi. Davoniy ham barcha mutafakkirlar kabi dehqonning mehnatiga yuqori baho beradi. Zero, dehqon odamlarni oziq-ovqat, moddiy boylik bilan ta’minlaydi. Olim agar dehqon bo’lmasa, inson zoti mayda savdogarlardek yo’q bo’lib ketgan bo’lur edi, chunki boshqa toifadagi kishilar inson hayot kechirishi uchun ulardek moddiy ne’mat yarata olmaydilar, balki bunyod qilingan narsalarni boshqa kishilarga beradilar, joydan-joyga olib boradilar, shaklini o’zgartiradilar, deydi. Demak, Davoniy dehqon mehnatini boshqa kishilarning mehnatidan yuqori qo’yadi. Ko’rinib turibdiki, uning dehqon mehnati haqidagi fikrlari boshqa SHarq mutafakkirlarining fikri bilan hamohangdir. Masalan, Navoiy dehqon mehnatidan hatto qurt-qumursqalar, hasharotlar, hayvon va parrandalar ham bahramand bo’lishini o’z vaqtida haqqoniy baholagan.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   447




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin