Davoniy odil shohni mohir tabibga o’xshatadi. Dono tabib odamlar salomatligini doimo kuzatib, uning holatini mo’’tadillashtirib borgani kabi odil shoh ham fuqarolarini yo’ldan adashsa, ularni to’g’ri yo’lga solib boradi, deydi.
Davoniyning erkinlik tushunchasi haqidagi ta’rifi alohida ahamiyatga ega. Erkinlikni Davoniy kasb-hunar orqali moddiy boylik to’plash va bu boylikni xayrli ishlarga sarflash deb biladi. U inson yomon yo’llar bilan emas, balki aqliga ishonib qilgan ishlari va halol mehnatini erkinlik deb ta’riflaydi.