O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qaroriga
6-ILOVA
2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining aylanma kassa mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari
| |
mln so‘m
|
T/r
|
Budjetlar nomi
|
Aylanma kassa mablag‘lari
|
1.
|
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti
|
1 000 000,0
|
2.
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti
|
28200,0
|
3.
|
Andijon viloyatining mahalliy budjeti
|
21 714,0
|
4.
|
Buxoro viloyatining mahalliy budjeti
|
24 828,0
|
5.
|
Jizzax viloyatining mahalliy budjeti
|
13 157,0
|
6.
|
Qashqadaryo viloyatining mahalliy budjeti
|
22 709,0
|
7.
|
Navoiy viloyatining mahalliy budjeti
|
12 100,0
|
8.
|
Namangan viloyatining mahalliy budjeti
|
19 524,0
|
9.
|
Samarqand viloyatining mahalliy budjeti
|
36 279,0
|
10.
|
Surxondaryo viloyatining mahalliy budjeti
|
17 260,0
|
11.
|
Sirdaryo viloyatining mahalliy budjeti
|
12 078,0
|
12.
|
Toshkent viloyatining mahalliy budjeti
|
32 417,0
|
13.
|
Farg‘ona viloyatining mahalliy budjeti
|
26 900,0
|
14.
|
Xorazm viloyatining mahalliy budjeti
|
17 747,0
|
15.
|
Toshkent shahrining mahalliy budjeti
|
34 324,0
|
Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo va Farg‘ona viloyat mahalliy budjetlari aylanma kassa mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari kamayishi hisobiga bo‘shaydigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga jamlanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Sirdaryo,
Namangan, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar mahalliy budjetlari aylanma kassa mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlarini oshirishga yo‘naltiriladi.
Izoh: O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining aylanma kassa mablag‘lari miqdori xorijiy valyutadagi mablag‘larni inobatga olgan holda ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qaroriga
7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasidagi mablag‘lar” so‘zlari
bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Jamg‘arma” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 7-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Belgilab qo‘yilsinki, 2019-yilda qurilgan ko‘p kvartirali uylarni realizatsiya qilishda Moliya vazirligi tomonidan ishtirok etuvchi tijorat banklariga milliy valyutada 20 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan dastlabki 5 yil davomida yillik 3 foiz stavkada va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan tijorat bankining yillik 4 foiz miqdoridagi marjasini chegirgan holda hosil bo‘ladigan stavkada mablag‘lar taqdim qilinadi.”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorining 23-bandi ikkinchi xatboshisining rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“budjetnie organizatsii, poluchayuщiye dopolnitelnie doxodi iz istochnikov, ukazannix v statyax 60 — 63 Budjetnogo kodeksa Respubliki Uzbekistan, ot vsex vidov vzimayemix nalogov”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi PQ-3694-son “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “1,6 trillion” va “1 trillion” so‘zlari tegishincha “1,245 trillion” va “645 milliard” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “600” raqami “450” raqami bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisida “200” raqami “115” raqami bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qarorida:
a) 33-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
b) 42-bandidagi “2020” raqami “2022” raqami bilan almashtirilsin;
v) 25-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4541-son qarorida:
a) 6-bandning to‘rtinchi xatboshisi “bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari” so‘zlaridan oldin “qo‘shilgan qiymat solig‘i va” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 8-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan O‘zA va Qoraqalpog‘iston axborot agentligini saqlash, jumladan, moddiy-texnik ta’minot uchun ularning o‘z daromadlari bilan qoplanmagan xarajatlarini moliyalashtirish tartibi saqlab qolinsin.”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyundagi 174-son qarori bilan tasdiqlangan Dafn etishga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14 va 44-bandlaridagi “Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” so‘zlari “Davlat budjeti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 203-bandidagi “bosh boshqarmasi” so‘zlari “departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qarori bilan tasdiqlangan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 3-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Jamg‘arma davlat maqsadli jamg‘armasi hisoblanib, o‘z balansiga, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga va xorijiy valyutadagi
bank hisob raqamiga, Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtamplarga, blankalarga egadir.”;
b) 9-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Jamg‘arma quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
mazkur Nizomning II bo‘limida belgilangan manbalardan tushuvchi mablag‘larni o‘zining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamida jamlash;”.
12. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-maydagi 120-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvni O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lariga va budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlariga qaratish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandi oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarida nazarda tutiladigan rejali budjet mablag‘lari mulkiy va ma’naviy zararni qoplash bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishning manbalari hisoblanadi.”.
13. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-son “Tabiiy suv havza uchastkalarini baliq ovlash xo‘jaliklariga ijaraga berish va baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida:
a) 1-ilovaning 48-bandidagi “bankdagi” so‘zlari “shaxsiy g‘azna” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Jamg‘arma alohida yuridik shaxs tashkil etmagan holda “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasida tuziladi hamda uning mablag‘lari “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamida jamlanadi.”.
14. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 137-son “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida:
a) 1-ilovaning 5-bandidagi “milliy va xorijiy valyutada jamg‘arib boriladigan maxsus” so‘zlari “shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi bank” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
2-bandning to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamg‘arma — Qo‘mita
tomonidan, yuridik shaxs maqomisiz, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlarini ochish orqali tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzurida budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;
Jamg‘arma maxsus hisob raqamlari — Jamg‘armaga tushadigan mablag‘larni jamlash uchun Qo‘mita tomonidan ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi jamg‘arib boriladigan maxsus hisob raqamlar”;
4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“faqat turistik (mehmonxona) yig‘imni undirishdan tushadigan tushumni jamlash va uni keyinchalik Jamg‘armaning maxsus hisob raqamiga o‘tkazish uchun foydalaniladigan, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochishga;
mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish uchun turoperatorlik va boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan va undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘imdan tushadigan tushumlar o‘tkaziladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqni shartnoma rekvizitlarida alohida ko‘rsatishga;”.
15. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-martdagi 201-son “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandining ikkinchi xatboshisidagi “aksiyadorlik tijorat Xalq bankida alohida hisob raqamlar” so‘zlari “Moliya vazirligi G‘aznachiligida alohida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-avgustdagi 669-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Jamg‘arma davlat maqsadli jamg‘arma shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining mustaqil balansiga, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga va xorijiy valyutadagi
bank hisob raqamlariga, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega.”;
b) 17-bandning birinchi xatboshisidagi “shu jumladan xorijiy valyutadagi mablag‘lar tijorat bankida belgilangan tartibda ochiladigan maxsus hisob raqamlarda” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-bandining birinchi xatboshisidagi “bank hisob raqamiga, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamga” so‘zlari “shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan yuridik shaxsni tashkil etmagan holda tuziladi hamda uning mablag‘lari Agentlikning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamida jamlanadi.”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Jamg‘arma quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan:”;
ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 481-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuziladi hamda uning mablag‘lari Agentlikning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamida jamlanadi.”;
Quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Jamg‘arma quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan:”;
ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
v) 6-bandning “v” kichik bandidagi “uning markaziy apparati ta’minoti uchun korporativ bank plastik kartochkalaridan foydalanish,” so‘zlari chiqarib tashlansin.
21. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 691-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy statistikani yanada takomillashtirish va milliy hisoblar zamonaviy tizimini joriy etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar kompleksida:
a) 17-satrning “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2019-yil sentyabr” va “2019-yil mobaynida” so‘zlari tegishli ravishda “2020-yil fevral” va “2020-yil mobaynida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
b) 18-satrda:
“Amalga oshirish mexanizmi” ustunining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan xalqaro standartlarga muvofiq davlat moliyasi statistikasi bo‘yicha hisobotini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.”;
“Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2019-yil sentyabr” so‘zlari “2020-yil fevral” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Moliya vazirligi (Sh. Sharaxmetov)” so‘zlaridan keyin “Davlat soliq qo‘mitasi (B. Musayev)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Jamg‘arma umumta’lim muassasasi mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda tashkil etiladi. Jamg‘armaning mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonuni qabul qilinganidan so‘ng umumta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan yetkaziladi.
Jamg‘armaning mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan miqdori Respublikaning barcha umumta’lim muassasalari bo‘yicha yagona hisoblanadi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)