162) O`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlar qanday farqlanadi? Ularning asosiy farqi shundaki, ba'zilari ishlab chiqarish o'sishi bilan o'zgaradi, boshqalari esa o'zgarmaydi. Agar kompaniyaning ishlab chiqarish faoliyati to'xtasa, o'zgaruvchan xarajatlar yo'qoladi va nolga teng bo'ladi.
163) Umumiy xarajat va o`rtacha xarajatlarning hisoblash usullari farq qiladimi? TC TFC TVC(Q). ATC=
164) Qanday xarajatlarga o`zgarmas xarajatlar deb ataladi? O‘zgarmas xarajatlar (TFC - fixed costs) - bu qisqa muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatdir (mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshganda ham, kamayganda ham o‘zgarmaydigan xarajat).
165) Qanday xarajatlarga o`zgaruvchan xarajatlar deb ataladi? O‘zgaruvchan xarajatlar (TVC - Variable Costs) - mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lgan xarajat, ya’ni mahsulot hajmi oshganda yoki kamayganda o‘zgaradigan xarajat.
166) Chekli xarajat nimani ifodalaydi? Chekli xarajat (MC - Marginal Cost) - ishlab chiqarish hajmini kichik miqdorga (odatda bir birlikka) oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha umumiy xarajatdir.
167) Mukammal raqobatlashgan bozorning asosiy shartlari nimalar? ˗ sotuvchi va xaridorlar bozorda mahsulot narxi qanday bo‘lsa, shunday qabul qiladilar va ular narxga qila olmaydilar;˗ bozorga yangi sotuvchilarni kirishi va sotuvchilarni bozordan chiqishi cheklanmagan; ˗ sotuvchilar birgalikda harakat qilish strategiyasini ishlab chiqolmaydi;˗ bozor sub’ektlari bozor to‘g‘risida to‘liq axborot olish imkoniyatiga ega. Agar bozor quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lsa: bozor sub`еktlar tovar narxiga tasir qila olmaydi; firmalarni bozorga kirish va chiqishi erkinligi; sotuvchilar birgalikda xarakat qilmaydi; bozor tugrisidagi barcha axborotlar bilan bozor sub`еktlari tanish.
168) Mukammal raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda firma foydasini qanday maksimallashtirishtiradi? Firma foydasini maksimallashtirish sharti shundan iboratki, firma ishlab chiqarish hajmini shunday tanlashi kerakki, bu hajmda narx chekli xarajatga teng bo'lsin: P=MC
Qisqa muddatli oraliqda firma kapitali razmeri o‘zgarmaydi, shuning uchun u foydani maksimallashtiradigan o‘zgaruvchan ishlab chiqarish omillari hajminitanlashi lozim bo‘ladi. Raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda firmaning chekli daromadi bilan chekli xarajati bir-biriga teng bo‘lganda foyda maksimal qiymatga erishadi. MC= MRfoydani maksimallashtirish sharti.