1. mttda oila bilan hamkorlik Ota-onalar bilan yakkama -yakka va jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar


Oilada bola tarbiyasiga qo‘yiladidan shartlar



Yüklə 84,41 Kb.
səhifə5/10
tarix27.11.2023
ölçüsü84,41 Kb.
#136678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1.4.Oilada bola tarbiyasiga qo‘yiladidan shartlar.
Shaxsning shakllanishida oilaning roli katta. Aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat farzandlar namunali oilalarda kamol topadilar.Shuning uchun ham oilada sog‘lom muhitni vujudga keltirish va uni mustahkamlash umumdavlat ahamiyatga molik masaladir.Chunki ijtimoiy hayotda yuz beradigan barcha o‘zgarishlar, ya’ni undagi yetuk va kamchiliklar, murakkabliklar va ziddiyatlar oilada o‘z aksini topadi. Shunga ko‘ra oil ava oilaviy tarbiya masalalari har doim ham dolzarb muammo bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.

Respublikamizda 1998-yil –“Oila yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturini hayotga joriy etish natijasida oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslari takomillashtirildi,”Oila kodeksi”ning yangi tahriri, bir qator qonunchilik va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.Oilaning moddiy farovonligini ta’minlashga qaratilgan zarur shart-sharoitlar yaratildi. Kam ta’minlangan, serfarzand oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini davlat o‘z zimmasiga oldi.1999-yil mamlakatimizda “Ayollar yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan jamiyatda xotin-qizlarning mavqeyini yanada oshirish, turmush sharoitlarini yaxshilash uchun barcha davlat va nodavlat tashkilotlarni birlashtirildi.Shu yildan boshlab(1999-yil) ayollarga ularning istaklariga binoan hamda qonunda belgilangan mehnat staji bo‘lgan taqdirda 54-yoshdan pensiyaga chiqish huquqi berildi. 3 yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollar byudjet hisobidan moliyalashtirilgan mussasa va tashkilotlarda ishlayotgan bo‘lsalar, ular uchun ish haqining to‘liq miqdori saqlangan holda ish vaqtini haftasiga 35soatdan oshmaydigan muddati belgilandi.Ayollar yili munosabati bilan qabul qilingan davlat dasturi mamlakatimizda yashayotgan ayolning hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Respublikamizda 2000-yilda “Sog‘lom avlod” yili deb e’lon qilindi. 2000-yilda amalga oshiriladigan ishlar “Oila” , “Ayollar yili”dagi chora-tadbirlarining mantiqiy davomi bo‘lib, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom avlodni shakllantirish yuzasidan ko‘plab ijobiy natijalarga erishildi.


Yüklə 84,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin