-yoshlarni turmush qurishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish amaliyoti hayotga joriy qilindi.
-nogironlikning oldini olish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida homilador ayollar va chaqaloqlarni skrining ko‘rigidan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
-bolalar organizmida yod tanqisligi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.
Respublikada yosh avlodni ma’naviy jihatdan barkamol qilib voyaga yetkazish maqsadida turli mazmunlarda ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda. Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining XI-sessiyasida qabul qilingan “Oila kodeksi”sharqona va umuminsoniy axloq normalari mushtarakligida shakllangan, farovon oilalarning manfaatlarini ta’minlashda muhim huquqiy poydevor bo‘ladi. Konstitutsiyaga binoan, “Onalik va bolalik”davlat tomonidan muhofaza qilinadi.(65-modda).

Maktabgacha ta’lim muassasasining ota-onalar bilan hamkorlikdagi
MTTning ota-onalar bilan ishlashining jamoa tarzida va yakkama-yakka holda ishlash shakllarini mohirlik bilan qo‘shib olib borish, keng aholi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil etish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin. MTT xodimlarini ota-onalar va oilalar bilan hamkorlikdagi ishlarining eng keng tarqalgan shakllaridan bir qanchasini keltiramiz:
-Ota-onalar bilan yakkama-yakka ishlash. Ilg‘or pedagogik tajribalarning ko‘rsatishicha, ishning bu turi katta ahamiyatga ega. Bunda tarbiyachi oila va bolaning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganib ularni o‘zining tarbiyaviy ishida hisobga oladi. MTTlarimiz tajribasida ota-onalar bilan yakkama-yakka olib boriladigan ishlarning turli xil shakllari aniqlangan; oilaga tarbiyachining borishi, ota-onalar uchun suhbat o‘tkazish, ularga maslahatlar berish, ota-onalarning MTT hayoti bilan tanishishlari.