Muammoli vaziyat va uning ahamiyati.
Mavjud faoliyat strategiyalari va o„tmish tajribasi insonga yuzaga kelgan qiyinchilikni bartaraf etish
imkonini bermaydigan, mutlaqo yangi strategiyani yaratish talab etiladigan vaziyat odatda muammoli
vaziyat deb ataladi. Muammoli vaziyat aniqlangan dalillarni mavjud bilim doirasida tushuntirish mumkin
emasligini ifodalovchi vaziyatdir. Ilmiy kashfiyot sari yo„l muammoli vaziyatni aniqlashdan boshlanadi,
uni ta‟riflashdan o„tadi va bu vaziyatning yechimini topish bilan yakunlanadi.
Muammoli vaziyatni belgilash fikrlashga doir harakatni, amalni, mulohazalarni yoyishning boshlang „ich
asosi hisoblanadi. 0 „rganilayotgan maqsad- larda kerakli axborotning va insonning bilimlari tegishli
ma‟lumotlar olishga etishmasligi vaziyatning noaniqligini kuchaytirib yuboradi. Oqibatda esa, izlanuvchi
o„z maqsadiga yetaklovchi ko„plab muqobilliklarga duch keladi. Bunda u mazkur muqobil g„oyalarning
ichidan izlanayotgan maqsadlarga olib boruvchi eng adekvatrog„ini tanlashi kerak bo„ladi. Shuning uchun
ham yangi g„oyalaming muqobilini tanlashga doir fikrlash amallari muammo tushunchasining funksional
vazifalarining mohiyatini tashkil qiladi. Bu esa fikrlashning muammoviyligining o„ziga xos xossalaridan biri
sifatida namoyon bo„ladi.
Muammoli vaziyatning paydo bo'lishi har xil omillar bilan belgilanadi. Avvalo, u dalilni asoslangan xususiyatga
ega bo„lgan mavjud nazariy bilim yordamida tavsiflash mumkin bo„lmagan holda yuzaga keladi. Bu yerda
Dostları ilə paylaş: |