1-mustaqil ish 15-variant 1-misol Ikkita qutining birida 5 ta oq, 11 ta qizil va 8 ta yashil sharlar bor, ikkinchisida mos ravishda 10, 8 va 6 ta sharlar bor. Har ikkala qutidan tavakkaliga bittadan shar olinadi. Olingan har ikkala sharning bir xil rangli bo‘lishi ehtimolini toping.
2-misol To‘rtta mergan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan holda bitta nishonga bittadan o‘q uzdi. Merganlarning nishonga tekkazish ehtimollari mos ravishda 0,4, 0,6, 0,7 va 0,8 ga teng. Sinash tugagandan keyin nishondan uchta o‘qning izi topildi. To‘rtinchi merganning o‘qi xato ketganligi ehtimolini toping.