1 Mustaqil ish. Mavzu



Yüklə 6,42 Mb.
səhifə2/11
tarix09.12.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#138562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 Mustaqil ish. Mavzu

2 - Mustaqil ish.


Mavzu: Uch kuchning muvozanati haqida teorema. Kuchning tekislikdagi va o‘qdagi proyeksiyasi.

Reja:


  1. Uch kuchning muvozanati haqida teorema.

  2. Kuchning tekislikdagi va o‘qdagi proyeksiyasi.

  3. Kuchning tekislikdagi muvozanatiga oid masalalar.

  4. Kesishuvchi kuchlar sistemasining muvozanatiga oid masalalar.


Uchta kuch haqidagi teorema. Ayrim hollarda statika masalalarini uchta kuch haqidagi teorema orqali echish qulay bo‘ladi: agar qattiq jismga bir tekislikda yotgan va o‘zaro parallel bo‘lmagan uchta kuch ta’sir etib, u jism muvozanat holatda bo‘lsa, bu kuchlarning ta’sir chiziqlari bir nuqtada kesishadi.
Bu teoremani isbot qilish uchun, shu jismga ta’sir qilayotgan kuchlarning faqat ikkitasini, masalan, va larni olib ko‘raylik. Teoremaga asosan bu kuchlar o‘zaro parallel bo‘lmagan holda bir tekislikda yotadilar, shu sababli ularning ta’sir chiziqlari bir nuqtada kesishadi, o‘sha nuqtani A harfi bilan belgilaylik (21-shakl). Bu nuqtaga va kuchlarni keltirib qo‘yaylik va ularni geometrik usulda qo‘shib, teng ta’sir etuvchisi ni aniqlaymiz va uni o‘sha A nuqtaga qo‘yaylik. U holda jismga bir vaqtning o‘zida ikkita kuch ta’sir etadi.
Ulardan biri va kuchlarning yig‘indisidan iborat bo‘lgan va A nuqtaga qo‘yilgan - kuchi, ikkinchisi esa shu jismning birorta B nuqtasiga qo‘yilgan -kuchidan iborat bo‘ladi. Agar jism shu ikkala kuch ta’sirida muvozanatda bo‘lsa, birinchi aksiomaga asosan va kuchlar bir chiziqda joylashgan bo‘lib, ularning yo‘nalishlari qarama-qarshi, son qiymatlari esa o‘zaro teng bo‘lishlari kerak. Shunga asosan -kuchining ta’sir chizig‘i ham, albatta, shu A nuqtadan o‘tadi, demak, teorema isbotlandi.
Ushbu teoremani teskarisi o‘rinli bo‘lmaydi. Ya’ni, bir jismga qo‘yilgan uchta kuch ta’sirida jism muvozanat holatda bo‘lmasligi ham mumkin; shu sababli bu teorema uchta kuch ta’siridagi jismning muvozanat holati uchun zaruriy shartni isbotlaydi xolos.



Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin