1 Mustaqil ish. Mavzu



Yüklə 6,42 Mb.
səhifə6/11
tarix09.12.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#138562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 Mustaqil ish. Mavzu

3 - Mustaqil ish.


Mavzu: Bir tekislikda yotuvchi juft kuchlarlarni qo‘shish. Juft kuchlarning sistemasining muvozanat shartlari
Reja:



  1. Juft kuchlar.

  2. Kesishuvchi kuchlar sistemasini geometrik qo‘shish.

  3. Juft kuchning o‘qdagi va tekislikdagi proyeksiyasi.

  4. Bir tekislikda yotuvchi juft kuchlarlarni qo‘shish.



Juft kuch — miqdor jihatdan teng , qarama-qarshi tomonga yoʻnalgan, ustma-ust tushmaydigan parallel kuchlar. Kuchlarning taʼsir chizigʻi orasidagi eng qisqa masofa a. B. yelkasi, bu chizik, orqali oʻtuvchi tekislik a. B. tekisligi deyiladi. A. B.ning qattiq jismga mexanik taʼsirini ifodalash uchun a. B. momenti qabul qilingan. U erkin vektor boʻlib, uchidan karaganda soat mili harakatiga teskari yoʻnalgan, miqdor jihatdan esa a. B.ni tashkil qiluvchi kuchlardan birining moduli bilan uning yelkasi koʻpaytmasiga teng . Gayka kalit bilan buralganda a. B. hosil boʻladi. Kalit gaykaning qaysi yoqlariga qoʻyilishiga qaramay, uning gaykaga taʼsiri oʻzgarmaydi.

Miqdorlari teng, o‘zaro ma’lum oraliqda parallel va qarama-qarshi yo'nalgan ikki kuchdan iborat sistema juft kuch deb ataladi. Juft kuch yotgan tekislik juftning ta’sir tekisligi deb ataladi. Juft kuch tashkil etuvchi kuchlarning ta’sir chiziqlari orasidagi eng qisqa masofa d juft yelkasi deb ataladi. Juft kuch jismni juft tekisligiga perpendikular o‘q atrofida burishga intiladi. Juft kuchni biror kuch bilan almashtirib bo'lmaydi, binobarin, juft kuch teng ta’sir etuvchiga ega bo'lmaydi. Juft kuch muvozanatlashishi uchun kuchning qarama-qarshi yo'nalishda buradigan juft qo'yish kerak. Juft kuch jismni juft tekisligida aylantirishga intiladi. Juftning jismga ta’siri uning momenti bilan baholanadi.



bo'lganligi uchun m0 (F) + m„ (F') = F • d. Bu yerdan ko'rinadiki, juft tashkil etuvchi kuchlarning momentiarining yig'indisi moment markaziga bog'liq bo'lmay har doim juft tashkil 36 etuvchi kuchlarning birining miqdori bilan yelkasining ko'paytmasiga teng. Bu miqdor juft momenti deb qabul qilinadi. Demak, juft momenti skalyar miqdor boiib, tashkil etuvchi kuchlar birining miqdori bilan juft yelkasiga ko‘paytmasiga aytiladi. Agar juft kuch jismni soat mili yo‘nalishiga qarama-qarshi yo‘nalishda aylantirishga intilsa, juft momenti musbat deb qabul qilinadi (31-a shakl). Agar juft kuch jismni soat mili yo'nalishida burashga intilsa, juft kuch momenti manfiy deb qabul qilinadi.

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin