1. MySql mysql



Yüklə 8,11 Mb.
səhifə1/5
tarix24.11.2023
ölçüsü8,11 Mb.
#133867
  1   2   3   4   5
aeraport



1. MySQL
MySQL — bu eng mashhur va juda ko'p foydalaniladigan ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi(MBBT) hisoblanadi. Bu tizim juda katta ma'lumotlar bilan ishlash uchun yaratilmagan, aksincha biroz kichik hajmdagi bazalar bilan katta tezlikda ishlash uchun yaratilgan. Uning asosiy ishlash doirasi, saytlar hisoblanadi. Hozirgi kunda juda ko'p sayt va bloklarning ma'lumotlari aynan shu MBBT saqlanadi.








MySQL — juda katta tezlikda ishlovchi va qulay hisoblanadi. Bu tizimda ishlash juda sodda va uni o'rganish qiyinchilik tug'dirmaydi.
MySQL tizimi tcx kompaniyasi tomonidan, ma'lumotlarni tez qayta ishlash uchun korxona miqyosida ishlatishga yaratilgan. Keyinchalik ommalashib, saytlarning asosiy bazasi sifatida yoyildi. So'rovlar SQL tili orqali amalga oshiriladi. Bu MBBT relyatsion ma'lumotlar baza hisoblanadi. Bu degani baza jadvallar, jadvallar esa ustunlardan tashkil topgandir.
MySQL shved korxonasi MySQl AB ga tegishli bo'lgan, keyinchalik SUN firmasi MySQL ni o'ziniki qilib olgan. Bir necha yil oldin esa, gigant korxonalardan biri Oracle, SUN firmasini sotib oldi va hozirda MySQL Oracle firmasi mahsuloti sifatida chiqib kelmoqda. Bu bir hisobda Microsoft SQL Server ga katta raqobatdosh ekanligini anglatadi.
MySQL bir necha serverlarning bir qismi hisoblanadi. Misol uchun, WAMP, AppServ, LAMP, Denwer,… Kliyentlar MySQL serveriga ma'lum bir kutubxonalar orqali ulanadi. MySQL ga quyidagi dasturlash tillari ulanib ishlashi mumkin: Delphi, C, C++, Java, Perl, Php, Python, Ruby va boshqalar.



2- LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Ma‟lumotlar bazasini loyihalash.
Mohiyat – aloqa diagrammasini qurish (ER modeli). Relyatsion ma`lumotlar bazasini loyihalash.
Ushbu labaratoriyada ma`limotlar bazasini loyihalash uchun mohiyat – aloqa modelini ishlab chiqish bo`yicha ko`nikmaga ega bo`lish o’rganiladi.
ERD - axborot tizimining kontseptual ma'lumotlar modelini ishlab chiqarish uchun dasturiy injiniringda ishlatiladigan ma'lumotlarni modellashtirish usuli.
ERD ma'lumotlar bazalarining mantiqiy tuzilishini ko'rsatadi.
ERDni CASE vositasi yordamida ishlab chiqish
SAP - Powerdesigner
Orcale - ma'lumotlar modellari
Ma`lumotlar bazasida quyidagi munosabatlar mavjud:


  1. Birga – bir (1:1) munosabat. A va V ob`ektlar to`plami orasida

1:1 munosabat o`rnatilgan deyiladi, agarda A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektning bitta nusxasi mos kelsa, va aksincha, V ob`ektning har bir nusxasiga A ob`ektning bitta nusxasi mos kelsa.




  1. Birga – ko`p (1:n) munosabat. A va V ob`ektlar to`plamida A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektning bir nechta nusxasi mos kelsa, shu bilan birga V ob`ektning har bir nusxasiga A ob`ektning bittadan ko`p bo`lmagan nusxasi mos kelsa shunday munosabat hosil bo`ladi.



  1. Ko`pga – bir (n:1) munosabat A va V ob`ektlar to`plami orasida o`rnatilsa, unda A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektning ko`pi bilan bitta nusxasi mos keladi. V ob`ektning nushalari orasida shundaylari mavjudki, ularga A ob`ektning bir nechta nusxasi mos keladi.



  1. Ko`pga – ko`p (m: n) munosabat. A va V ob`ektlar orasida shunday munosabat o`rnatilgan deyiladi, agarda A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektni bir nechta nusxasi mos kelsa va aksincha.


Yüklə 8,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin