1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: 
biosfera chegarasi, atmo-
s fera, litosfera, gidrosfera, parnik gazlari, troposfera, stratosfera, ozon qatla mi, 
mezosfera, termosfera, ionosfera, ekzosfera.
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. Tirik organizmlarning atmosfera, gidrosfera, litosferada tarqalish chegaralarini 
ayting?
2. Yerning geologik qobiqlarida tirik organizmlar tarqalishi qanday omillar 
bilan belgilanadi?
3. Tirik organizmlar Yerning qaysi qobig‘ida ko‘p uchraydi? Buning sabablarini 
tushuntiring?
4. Nima uchun tirik organizmlar geologik qobiqlarda notekis tarqalgan?
O‘z fikringizni bayon eting
.
Tirik organizmlarning biosferada tarqalish chegaralarini va cheklovchi omillarini 
sxemada ifodalang.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
Jadvalni to‘ldiring.
Yer qobiqlari
Ta’rifi 
Tarkibi 
Biosfera uchun ahamiyati
Atmosfera
Litosfera
Gidrosfera
26-§. BIOSFERANING TARKIBI
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang.
Yerning geologik qobiqlarida 
tirik organizmlarning tarqalish qonuniyatlarini eslang. Ekotizimlarni 
tashkil etuvchi komponentlarni aytib bering.
Biosfera tarkibiga kiradigan moddalar tasnifi. 
Biosfera bir-biri bilan 
chambarchas bog‘liq bo‘lgan xilma-xil komponentlardan tarkib topgan ulkan 


140
biosistemadir. V.I.Vernadskiy biosferani tashkil etuvchi komponentlarni 
kelib chiqishiga ko‘ra guruhlarga ajratishni taklif etdi va yettita bir-biridan 
farqli, lekin o‘zaro bog‘liq guruhlarni aniqladi.
Biosferaning tirik moddasi. 
Bu atamani fanga V.I.Vernadskiy kiritgan. 
Tirik modda biosferada tarqalgan barcha tirik organizmlar: produtsentlar, 
konsumentlar, redutsentlar yig‘indisidir. V.I.Vernadskiy tirik modda haqida 
quyidagi fikrlarni bildirgan: «Yer yuzida, pirovard natijaga olib keladigan 
oqibatlari jihatidan, tirik organizmlardan ko‘ra qudratliroq kuch yo‘qdir». 
Tirik modda o‘sish, ko‘payish, harakatlanish, Yer yuzi bo‘ylab tarqalish, 
oziq va yashash joyi uchun kurash, tana shakli, o‘lchami, kimyoviy 
tarkibining xilma-xilligi kabi xususiyatlarga ega. V.I Vernadskiy Yerning 
paydo bo‘lishidan ko‘p o‘tmay hayot paydo bo‘lgan va u sayyoramizning 
qiyofasini o‘zgartiruvchi asosiy omillardan biri bo‘lgan, deb ta’kidlaydi (38-
rasm).
Qattiq moddalar
– Yerda hayot paydo bo‘lishidan avval, tirik 
organizmlar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan holda hosil bo‘lgan tog‘ jinslari. 
Qattiq moddalarga minerallar (olmos, zumrad, kvars) va tog‘ jinslari 
(granit, marmar) misol bo‘ladi. Bu moddalarning hosil bo‘lishi tog‘larning 
yemirilishi, vulqonlarning otilishi bilan bog‘liq (39-rasm). 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin