147
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, biosferadagi tirik organizmlarning asosiy
qismi quruqlikda, ya’ni qit’alarda jamlangan (98,7% dan ko‘proq). Okean
biomassasi katta emas, 0,13% ga teng. Quruqliklarda o‘simliklar biomassasi
katta bo‘lsa (99%), okeanda esa hayvonlar biomassasi 93% dan ko‘proqni
tashkil etadi. Agar hayvon va o‘simliklarni o‘zaro taqqoslasak 2400 mlrd t
o‘simlik va 3 mlrd t hayvonot olamiga to‘g‘ri keladi. Bundan ko‘rinib
turibdiki, Yer yuzidagi tirik biomassani asosan yashil o‘simliklar tashkil
etadi. Geterotrof organizmlar biomassasi o‘rtacha 1% ni tashkil qiladi.
Quruqlik biomassasi.
Qutblardan ekvatorga tomon borgan sari quruqlik
biomassasi ortib boradi. Shu bilan bir qatorda o‘simlik turlari soni ham
ortadi. Yo‘sinlar va lishayniklardan iborat tundra (500 ga yaqin tur) ignabargli
va keng bargli o‘rmonlar bilan, ular esa o‘z navbatida dashtlar (2000 ga
yaqin turlar), subtropik o‘rmonlar (3000 dan ko‘proq turlar) bilan alma-
shinadi. Tirik moddaning eng ko‘p biomassasi tropik o‘rmonlarda to‘plangan
bo‘lib, ular biosfera materik qismining eng mahsuldor jamoalari hisoblanadi
(8000 dan ko‘proq turlar).
Hayvon turlarining xilma-xilligi o‘simliklarning biomassasiga bog‘liq
bo‘lib, ekvator tomon hayvon turlari soni ortib boradi. Turlar soni ko‘p,
ya’ni hayot zich bo‘lgan joylarda hamkorlikda yashashga moslanishlar paydo
bo‘ladi. Turlar bir-biri bilan oziq zanjirlari orqali bog‘langan biotsenozlarda
hayot zichligi ortib boradi. Oziq zanjirlari bir-biri bilan tutashib, modda va
energiyaning bir bo‘g‘indan boshqasiga o‘tishini ta’minlaydigan murakkab
oziq to‘rlarini hosil qiladi. Quruqlik biomassasiga inson kuchli ta’sir
ko‘rsatadi. Mazkur ta’sir natijasida biomassa hosil qiluvchi maydonlar
qisqarmoqda. Bu ham yer va suvdan ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligida
ratsional foydalanishni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: