1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Dunyo okeani biomassasi. 
Dunyo okeani Yer yuzining 2/3 qismini 
egallaydi. Okeanlarda biomassa notekis tarqalgan bo‘lib, uni asosan suvning 
yuza qatlamidagi plankton organizmlar tashkil etadi. Quruqlikdagi o‘simliklar 
biomassasi okeandagi tirik organizmlar umumiy biomassasidan ko‘p bo‘lsa-
da, ammo dunyo okeanida biomassaning hosil bo‘lish mahsuldorligi yuqori. 
Bu fitoplankton va zooplanktonning jadal sur’atlarda ko‘payishiga, o‘sishiga 
hamda qisqa hayot sikliga egaligi bilan bog‘liq.
Okeanda fotosintez jarayoni 100 m gacha bo‘lgan yuqori qatlamlarda 
uchraydigan produtsentlar ishtirokida sodir bo‘ladi. Fotosintezning 1/3 qismi 


148
okeanda kechadi. Okeanlardagi hayvonlarning oziqlanishida planktonlarning 
ahamiyati juda katta. Suvo‘tlari va sodda organizmlar bilan mayda 
qisqichbaqasimonlar oziqlanadi. Qis qichba qasimonlar esa o‘z navbatida 
mayda baliqlarga oziq bo‘ladi. Mayda baliqlarni yirtqich baliqlar va qushlar 
ovlaydi. Mo‘ylovli kitlar ham faqat planktonlar bilan oziqlanadi. 
Okeanlarda, ayniqsa okean tubida organik qoldiqlarni anorganik 
moddalarga parchalovchi bakteriyalar ko‘p. O‘simlik va hayvon qoldiqlari 
asta-sekin okean tubiga cho‘kadi. Ularning ko‘pchiligi kremniy, ohak 
moddadan iborat qobiq bilan yoki ohak chig‘anoq bilan qoplangan bo‘lib, 
okean tubida cho‘kindi jinslarni hosil qiladi. 100 mln yil ilgari dengiz bilan 
qoplangan Markaziy Osiyodan ohak va bo‘r konlari topilgan. Ular tarkibida 
qadimgi mikroskopik hayvonlar (ildizoyoqlar)ning chig‘anoqlarini topish 
mumkin.
Dengiz va okeanlardan neft qazib olish, uni tankerlar orqali tashish kabi 
inson faoliyati dunyo okeanini ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda. Dengiz va 
okean suvlarining ifloslanishining oldini oladigan chora-tadbirlarga rioya 
qilish muhim. 
Tuproq biomassasi.
Tuproq nafaqat o‘simliklar o‘sishi uchun zarur 
muhit hisoblanadi, balki xilma-xil tirik organizmlarga ega biogeotsenoz 
hamdir. Tuproq biomassasini tuproqda yashovchi tirik organizmlar tashkil 
qiladi va aynan shular tuproqning shakllanishida muhim ahamiyat kasb 
etadi. Har bir tuproqning o‘ziga xos biotsenozlari mavjud. Bu biotsenozlarni 
o‘simlik ildizlari, mikroorganizmlar, chuvalchanglar, hasharotlar va 
ularning lichinkalari, ko‘rsichqonlar va yumronqoziqlar tashkil qiladi. 
Ularning faoliyati tufayli tuproq unumdorligi ortadi, ularning qoldiqlari esa 
bakteriyalar uchun organik modda manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, 
yomg‘ir chuvalchanglari 1 ga maydonda 25 t tuproqni o‘z ichaklari orqali 
o‘tkazib, 0,5 sm qalinlikda unumdor tuproq hosil qiladi. Tuproqning yuza 
qatlamlarida esa bir hujayrali yashil suvo‘tlar va sianobakteriyalar yashab, 
fotosintez jarayonida tuproqni kislorod bilan boyitadi. 
Tuproq biomassasi qutblardan ekvator tomonga ortib boradi. Yomg‘ir 
suvlari, erigan qorlardan hosil bo‘ladigan suvlar tuproqni kislorod va 
mineral tuzlar bilan to‘yintiradi. Erigan moddalarning ma’lum miqdori 
tuproqda qolsa, ko‘proq qismi esa daryolarga, ular orqali esa dengiz va 


149
okeanlarga chiqarib tashlanadi. Tuproq orqali yerosti suvlari doim bug‘lanib 
turadi, tuproqda to‘xtovsiz gaz almashinuvi sodir bo‘ladi. Tunda harorat 
pasayganda atmosfera gazlari siqilishi tufayli havoning bir qismi tuproqqa 
o‘tadi. Tuproqqa o‘tgan kislorod o‘simlik va hayvonlar tomonidan nafas 
olish jarayoniga sarflansa, azot gazi azot fiksatsiyalovchi bakteriyalar 
tomonidan o‘zlashtiriladi. Kunduzi harorat ortganda tuproq isishi natijasida 
tuproqdan atmosferaga karbonat angidrid, vodorod sulfid, ammiak kabi 
gazlar ajraladi. Tuproqda sodir bo‘ladigan barcha jarayonlar biosferada 
moddalar aylanishini ta’minlaydi. 
Insonning xo‘jalik faoliyati, pestitsidlar (o‘simlik zararkunandalari, ka-
sallik qo‘zg‘atuvchilariga qarshi qo‘llaniladigan kimyoviy vosita) biosfera-
da muhim tarkibiy qismi bo‘lgan tuproq organizmlarining yoppasiga nobud 
bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Tuproq bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish va 
uni muhofaza qilish lozim. Hozirgi kunda insonlar million yillar davomida 
shakllangan ulkan ekotizim qonuniyatlarini buzmagan holda hamda 
biomassaning qisqarishiga olib kelmaydigan faoliyat yuritishlari lozim.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin