165
51-rasm.
Organik olamning rivojlanishi. 1 – suvo‘tlar; 2 – bulutlar va korallar; 3 – trilobitlar; 4 – molluskalar; 5 –
qisqichbaqa, chayonlar; 6 – qalqondorlar; 7 – boshoyoqli molluskalar; 8 – psilofitlar; 9 – sigillyariyalar; 10 – lepido
-
dendronlar; 11–
daraxtsimon qirqquloqlar; 12 – cho‘tkaqanotli baliqlar; 13 – quruqlikdagi chayonlar; 14 – yirik suvda hamda quruqlikda yashovchilar; 15 – qadimgi akulasimon baliqlar; 16 –
dengiz nilufarlari; 17 – ammonitlar; 18 – pa
-
reyazavrlar; 19 – inastranseviya; 20 – kalamitlar; 21 – toshbaqalar avlodi – plakoxelis; 22 – o‘txo‘r kaltakesak – bron
-
tozavr; 23 – baliq kaltakesak – ixtiozavr; 24 –
qisqichbaqasimonlar; 25 – pleziozavr; 26 – ilon kaltakesak – mezozavr;
27 – uch shoxli kaltakesak – tritsopetoprs; 28 – sikas; 29 – stegozavr; 30 –
uchuvchi kaltakesak; 31 – arxeopteriks;
32 – yirtqich kaltakesak – tiranozavr ; 33 – qadimgi sutemizuvchilar; 34 – otlar ajdodi; 35 –
osyotr baliq; 36 – korallar; 37 – dengiz suvo‘tlari; 38 – delfin; 39 – chala maymun; 40 – shoxsiz karkidon (nosorog); 41 – odamsimon maymun; 42 – mamont; 43 – qilich tishli yo‘lbars; 44 – tulen; 45 – kalmar va suyakli baliqlar; 46 – kit; 47 – janubiy maymun –
avstralofitek; 48 – maymun odam –
pitekantrop; 49 – neandertal odam; 50 – uquvli aqlli odam.
suvo‘tlari
ko‘mir
Ochiq urug‘lilar
urug‘lilar
Bo‘r
Sutemizuvchilar
Yopiq urug‘lilar
To‘rtlamchi
Kaynozoy
166
riniofitlar (riniya, kuksoniya), ko‘p hujayrali yashil suvo‘tlardan kelib
chiqqan deb hisoblanadi (50-rasm). Keyinchalik yo‘sin, plaun, qirqbo‘g‘im,
qirqquloqlar, so‘ngra urug‘li o‘simliklar kelib chiqqan. Quruqlik o‘simliklarida
mineral oziqlanishni ta’minlovchi ildiz tizimi, fotosintezni amalga oshiruvchi
novda tizimi rivojlangan.
O‘simliklar bilan bir vaqtda hayvonlar ham quruqlikka chiqqan. O‘r-
gimchaklar va chayonlar dastlabki quruqlik hayvonlari hisoblanadi. 380
mln yil avval suvda hamda quruqlikda yashovchilar (amfibiyalar), 300
mln yil avval sudralib yuruvchilar (reptiliyalar), 200–230 mln yil avval
sutemizuvchilar va qushlar kelib chiqqan deb taxmin qilinadi (51-rasm).
Hayvonlarning biosferadagi roli ularning geterotrof usulda oziqlanishi
va harakatlanish xususiyati bilan bog‘liq. Ular o‘simliklar
tomonidan
yaratilgan organik birikmalarni iste’mol qiladi va ularni uzoq masofalarga
ko‘chiradilar. Shu tarzda hayvonlar o‘simliklarning meva, urug‘, sporalarining
tarqalishini ta’minlaydi. Tabiatda moddalar davriy aylanishida ishtirok
etuvchi produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar faoliyatlarining muvoza-
natlashishi natijasida biosferaning gomeostaz holati shakllanadi.
Insonning
paydo bo‘lishi bilan biosfera tarixida yangi juda kuchli omil paydo bo‘ldi
va bu omil o‘z ta’siriga ko‘ra katta geologik jarayonlarga teng keladi.
Bu omil (inson faoliyati) biosferaning gomeostaz (turg‘unlik, barqarorlik)
holatining buzilishiga sabab bo‘la boshladi.
Dostları ilə paylaş: