1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Noogenez.
Taxminan 50 ming yil avval biosfera rivojlanishiga inson 
faoliyati bilan bog‘liq ekologiyaning yangi – antropogen omili o‘z hissasini 
qo‘sha boshladi. Kishilik jamiyati paydo bo‘lishi bilan biosfera rivojlanishida 
noogenez davri boshlandi (52-rasm). Inson o‘zining tarixiy rivojlanishining 
dastlabki bosqichida biologik tur sifatida biotsenoz tarkibidagi organik 


168
moddalar bilan oziqlanuvchi tarkibiy qismi hisoblangan, odamlarning 
yashash muhitiga ta’siri boshqa organizmlarning ta’siridan farqlanmagan. 
Inson faoliyati birinchi navbatda o‘ziga oziq topish va yashash muhitini 
yaxshilashga bo‘lgan eng zarur ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan.
52-rasm.
Odam evolutsiyasi. 1 – primatlarning dastlabki ajdodi; 2 – driopitek; 3 – ra
-
mapitek; 4,5 – avstralopitek; 6,7 – Homo erectus (arxantroplar: pitekantrop, sinantrop); 
8 – paleoantrop (neandertal); 9 – Homo sapiens (kromanon); 10 – hozirgi zamon odami; 
11 – tor burunli maymunlar; 12 – keng burunli maymunlar; 13 – lemurlar; 14 – lori; 
15 – keng tovonlilar; 16 – orangutan; 17 – gibbon; 18 – gorilla; 19 – shimpanze. 
Odamlar aqliy qobiliyatining rivojlanishi, mehnat faoliyati va ijtimoiy 
hayot tarzi tufayli inson rivojlanishning biologik qonunlari nazoratidan chiqa 
boshladi. Ko‘proq kishilik jamiyatining rivojlanish qonunlariga bo‘ysuna 
boshladi. Olovdan foydalanish, ov qilish, baliq ovlash, meva va urug‘larni 
yig‘ish, mehnat va ov qurollarini takomillashtirish, yashash joylarini qurish, 
faol ravishda boshqa joylarga ko‘chib o‘tish, dehqonchilik va chorvachilikning 
rivojlanishi hamda o‘troq yashashga moslanish atrof-muhitni o‘zgartiruvchi 
kuchga aylandi. 
O‘rta asrlarda fan-texnika, jamiyat, sanoat va qishloq xo‘jaligining 
rivojlanish sur’atlari tezlashdi. Yangi yerlarning kashf etilishi inson 
ehtiyojlari uchun tabiiy hududlarning o‘zlashtirilishini sezilarli darajada 
Chala maymunlar
Maymunlar
Gominidlar
Odamlar
mln yil


169
kengaytirish imkonini berdi. Inson o‘z ehtiyojlari uchun tirik organizmlar, 
qazilma boyliklar va mineral moddalardan tobora ko‘proq foydalana boshladi. 
XIX asrdan boshlab inson faol ravishda qazilma yoqilg‘i – ko‘mir va neftdan 
foydalanishga o‘tdi. Avval moddalar almashinuvi va energiya oqimiga jalb 
etilmagan, 
Y
er qobig‘ida yig‘ilgan biogen moddalar inson tomonidan sun’iy 
ravishda davriy aylanishiga qo‘shildi. Natijada tizimning o‘zi ham o‘zgardi, 
ya’ni biosfera nafaqat tabiiy ekotizim, balki 
antropobiosferaga
 
aylandi. 
Biosfera jarayonlaridagi chuqur o‘zgarishlar XX asrda, ilmiy-texnik 
inqilob natijasida boshlandi. Jadal sur’atlarda energiya ishlab chiqarish, 
transport, kimyo sanoati rivojlana boshladi. Bu esa, inson faoliyati asta-
sekin 
Y
er qiyofasini o‘zgartiruvchi omilga aylanishiga olib keldi. Mazkur 
omil tabiiy ekotizimlar (o‘rmonlar, ko‘llar, botqoqliklar, yaylovlar)ning 
buzilishi, shuningdek, hayvonlar va o‘simliklar ko‘plab turlarining yo‘q 
bo‘lib ketishi, foydali qazilmalarning kamayishiga olib keldi. Bundan 
tashqari, dunyo miqyosida atrof-muhitning radioaktiv va zaharli moddalar, 
shuningdek, sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishiga sabab bo‘ldi. 
Bularning barchasi insoniyatni ekologik halokat yoqasiga keltirib qo‘ydi. 
Bugun inson faoliyatining biosfera rivojlanishiga ko‘rsatayotgan ta’sir 
ko‘lami ortdi. Ayrim hollarda, halokatli oqibatlarga olib keladigan aksariyat 
harakatlar, tabiiy jarayonlar va hodisalar, ularning o‘zaro bog‘liqligi inson 
tomonidan tushunmaslik oqibatida sodir etildi. Atrof-muhitning ifloslanishi 
va tabiiy boyliklardan jadal tarzda, haddan ziyod foydalanish bunga misol 
bo‘lishi mumkin. 
Kishilik jamiyati va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganuvchi 
fan 
noogenika
deb nomlanadi. Noogenika fanining asosiy maqsadi – 
sayyoramizdagi hayotni saqlab qolish va kelajagimizni ta’minlash uchun 
bugungi kunimizni rejalashtirish, asosiy vazifasi esa – inson va tabiat 
munosabatidagi muvozanatni saqlash, mazkur munosabat buzilishlarining 
hamda texnika taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan salbiy oqibatlarning 
oldini olish hisoblanadi.
Noogenika nafaqat muhofaza qilish vazifalarini bajaradi, balki o‘simlik-
larning yangi navlari, hayvonlarning yangi zotlari va mikroorganizm larning 
yangi shtammlarini yaratish yo‘li bilan hayotning davomiyligini ta’minlashga 
imkon beradi.


170
Antropobiosferaning qonuniyatlarini anglash, undagi jara yonlarni oqilona 
boshqarish, global ekologik inqirozni (grek. «krisis» – keskin o‘zgarish, 
yakun) bartaraf etishga imkon beradi.
Biosferaning rivojlanish bosqichlari tirik mavjudotlar xilma-xilligining ortishi 
va ular tuzilishining murakkablashuvi bilan ta’riflanadi. Tirik organizmlar 
dastlab suv muhitida paydo bo‘lib, keyinchalik quruqlik muhi tiga tarqaldi. 
Y
er 
hayot sayyorasi sifatida noyob ko‘rinishga ega bo‘lishi bilan Quyosh tizimidagi 
boshqa sayyoralardan farq qiladi. Biosfera evolutsiyasining asosiy omillari tirik 
organizmlarda sodir bo‘ladigan hayo tiy jarayonlar: nafas olish, biosintez, modda 
va energiya almashinuvi hisob lanadi. 
N
oosfera inson ongiga asoslangan biosfera 
evolutsiyasining eng yuqori bosqichidir.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin