1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Tabiatdan oqilona foydalanish



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Tabiatdan oqilona foydalanish
 – 
insonning atrof-muhit bilan o‘zaro 
munosabatlari tabiiy boyliklarni oqilona o‘zlashtirish, o‘z faoliyatining 
salbiy oqibatlari oldini olish, madaniy landshaftlarni yaratish, kamchiqindi 
va chiqindisiz texnologiyalarni qo‘llash, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga 
qarshi kurashishning biologik usullarini tatbiq etish, ekologik toza 
yoqilg‘i turlarini yaratish, tabiiy xomashyoni qazib olish va qayta ishlash 
texnologiyasini takomillashtirishni nazarda tutadi. Shuningdek, shamol, 
quyosh energiyasi, to‘lqin energiyasi, daryo oqimi energiyasi kabi ekologik 
jihatdan toza va tiklanadigan energiya manbalari, o‘simliklar mahsulotlaridan 
bioyoqilg‘i olish va undan foydalanish – tabiatdan oqilona foydalanish 
yo‘llaridan biri sanaladi.
Kamchiqindili texnologiyalar
– qayta ishlanayotgan xomashyo va 
chiqindilardan imkon qadar to‘liq foydalanishni ta’minlaydigan ishlab 
chiqarish jarayoni hisoblanadi. Mazkur texnologiya asosida moddalar atrof-
muhitga nisbatan zararsiz holatda qaytadi.
Tabiiy boyliklardan ilmiy asoslangan holda, oqilona foydalanish ijobiy 
natijaga erishish imkonini beradi. 
Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: 
biologik xilma-xillik, 
tiklanmaydigan va tiklanadigan boyliklar, issiqxona ta’siri, tabiatdan oqilona 
foydalanish.
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. Atrof-muhitning ifloslanishini keltirib chiqaradigan antropogen ta’sirning 
aso siy yo‘nalishlarini ta’riflab bering.
2. Insonning 
Y
er iqlimiga ta’sir qilishi qanday oqibatlarga olib keladi? 
3. Suv muhitining antropogen ifloslanishining asosiy yo‘llarini ta’riflab bering. 
4. Qanday manbalar atmosferani ifloslanishiga olib keladi? 


175
5. Yirik shaharlarda havo atmosferasining avtotransport vositalari tomonidan 
ifloslantirilishi bilan bog‘liq muammolarni ta’riflab bering. 
6. Havo muhitining sanoat korxonalarining chiqindilari vositasida ifloslanishi 
qanday xavfni keltirib chiqaradi? 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin