1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


M axsus muhofaza etiladigan tabiiy hududlar



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

M
axsus muhofaza etiladigan tabiiy hududlar.
Bizning sayyoramiz 
o‘simlik va hayvonot olamini, shuningdek, u bilan bog‘liq biosferaning 
tarkibiy qismlarini yanada to‘la-to‘kis saqlash uchun dunyoning turli 
mamlakatlarida alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar – qo‘riqxonalar, 
buyurtma qo‘riqxona-zakazniklar, milliy bog‘lar tashkil etiladi.
Qo‘riqxonalar
– quruqlik yuzasidagi hudud yoki suv havzasi, uning 
chegarasida barcha tabiat majmuyi – o‘simliklar, hayvonlar, tuproq va 
sh.k. – to‘liq va umrbod xo‘jalik yurituvidan chiqarib olinadi va davlat 
muhofazasi ostida bo‘ladi. Qo‘riqxonalarda faqat ilmiy tadqiqot ishlari olib 
boriladi.
Ayrim qo‘riqxonalar biosferaga oid deb e’lon qilingan. Ularda har bir 
tabiiy hududlar uchun o‘ziga xos bo‘lgan biogeotsenozlar saqlanadi.


179
Davlat buyurtma qo‘riqxonalari
(zakazniklar)
– muhofaza qilinadigan 
hududlar, ularda tabiiy boyliklardan cheklangan miqdorda foydalangan holda 
ovlanadigan hayvonlar va o‘simliklar muhofaza qilinadi. Zakazniklar dorivor 
o‘simliklar, qo‘ziqorinlar, rezavor mevalarni terish, baliq tutish uchun xizmat 
qiladi va odatda, ma’lum muddatga tashkil etiladi.
Zakazniklarda muhofaza ostiga olingan obyektlarga zarar keltirmaydigan 
darajada cheklangan xo‘jalik faoliyati amalga oshiriladi. Sanoat ahamiyatiga 
ega hayvonlar, qushlar uya quradigan, baliqlar uvildiriq sochadigan va 
parvarishlanadigan, dorivor o‘simliklar o‘sadigan joylarga zarar yetkazmagan 
holda faoliyat yuritiladi. Zakazniklar o‘simliklar olami va hayvonot dunyosi 
boyliklarini saqlanishini ta’minlab, qo‘riqxonalar tizimini sezilarli darajada 
to‘ldiradi. 
Milliy (tabiiy) bog‘lar
– qo‘riqlanadigan hududlar va suv sathining 
cheklangan qismi, u yerda ekologik, tarixiy va estetik ahamiyatga ega 
tabiiy majmualar joylashgan. Qo‘riqxonalardan farqli ravishda, milliy bog‘lar 
maydonining bir qismi muntazam ravishda tashrif buyurish uchun ochiq 
bo‘ladi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin