206
Baliqlarda bosh miya unchalik katta hajmga ega emas, oldingi miya
yarimsharlarga bo‘linmagan. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda oldingi
miya yarimsharlarga bo‘lingan. Miyacha harakatlarning soddaligi tufayli
yaxshi rivojlanmagan. Sudralib yuruvchilarning quruqlikda yashashga o‘tishi
miyaning murakkab morfologik va funksional tuzilishni talab etadi. Ularda
oldingi miya boshqa bo‘limlarga nisbatan yiriklashgan.
Miyacha sudralib
yuruvchilarning xilma-xil harakatlari tufayli kuchli rivojlangan.
Qushlarda xulq-atvorning murakkablashuvi, nasli uchun qayg‘urish
instinkti bo‘lganligi ularning bosh miyasi yaxshi rivojlanganligidan dalolat
beradi. Bosh miyada oldingi miya yarimsharlarining sathi katta, o‘rta miya,
oraliq miyaning ko‘rish do‘mboqlari yaxshi rivojlangan. Miyachasi hara-
katlarni muvofiqlashtirish markazi bo‘lganligi sababli kuchli rivojlangan.
Sutemizuvchilarda oldingi miya yarimsharlari po‘stlog‘i kuchli rivojlangan
va unda ko‘rish, eshitish, tuyg‘u, harakat analizatorlarining oliy markazlari,
shuningdek, oliy nerv faoliyatining markazlari joylashgan.
Miyachasi kuchli
rivojlangan (62-rasm).
Siz «Odam va uning salomatligi» o‘quv fanida odam organizmi dagi
ichki sekretsiya bezlari birgalikda endokrin sistemasini tashkil etishi, ichki
sekretsiya bezlarida ishlab chiqiladigan biologik faol modda – gormonlar
organizmning ichki muhiti qon va limfaga quyilishi haqida ma’lumotga
egasiz. Gumoral boshqarish aynan shu gormonlar orqali tirik organizmdagi
barcha hayotiy jarayonlarni boshqarilishida muhim ahamiyatga ega. Gumoral
boshqarish – organizmning yaxlit bir butun
tizim shaklida yashashining
ta’ minlanishi uchun unda boradigan hayotiy jarayonlarni gor mon lar vosita-
sida boshqarish sanaladi.
Hayotiy jarayonlarni gumoral boshqarish o‘simliklar, zamburug‘lar va
hayvonlarga xos bo‘lib u evolutsiyaning dastlabki bosqichlarida paydo
bo‘lgan. O‘simliklar va zamburug‘larda gumoral boshqarish biologik faol
moddalar fitogormon va alkaloidlar orqali amalga oshiriladi. Biologik faol
moddalar o‘simliklarda o‘tkazuvchi to‘qimalar, zamburug‘larda esa mitselliy
gifalari orqali barcha hujayralarga yetkaziladi.
Hayvonlarda gumoral boshqarish endokrin
sistemasiga kiradigan ichki
sekretsiya bezlari tomonidan ishlab chiqariladigan biologik faol moddalar –
gormonlar orqali amalga oshiriladi. Mazkur gormonlar organizmning ichki
muhiti – qon, limfa va to‘qima suyuqligi orqali tanaga tarqaladi.
Organizmning o‘z-o‘zini boshqarishning nerv va gumoral usullari bir-
biri bilan chambarchas bog‘liq. Bir tomondan nerv sistemasi faoliyatiga
qon bilan yetib kelgan gormonlar doimiy ravishda ta’sir ko‘rsatsa, ikkinchi
207
tomondan ichki sekretsiya bezlaridan ajraladigan gormon miqdori va qonga
quyilishi nerv sistemasining doimiy nazoratida bo‘ladi.
Shu sababli, tirik
organizmlarda sodir bo‘ladigan fiziologik jarayonlar yagona neyrogumoral
mexanizm orqali amalga oshadi. Bundan tashqari, organizmdagi organlar va
organlar sistemalari o‘zaro bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi natijasida fiziologik
jarayonlarning o‘z-o‘zini boshqarilishi amalga oshadi.
Siz odam organizmida himoyalanish xususiyatlarining mavjudligidan
xabardorsiz. Himoyalanish xususiyatlari uchta bosqichdan iborat bo‘lib,
birinchi bosqichda organizmga yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarining
kirishining
oldi olinadi, ikkinchi bosqichda qonning oq qon tanachalari
leykotsitlari faoliyat ko‘rsatadi, uchinchi bosqichda organizmga kirgan yot
moddalarga qarshi antitelo va antitoksinlar ishlab chiqariladi. Antitelolar
organizmga kirgan mikroblarni bir-biriga yopishtirib, parchalab yuboradi.
Antitoksinlar esa mikroblarning hayot faoliyati natijasida vujudga keladigan
zaharli moddalarni neytrallab parchalaydi.
Organizmda himoyalanish
xususiyatlarining mavjudligi ularning evolutsiya jarayonida yashab qolish
va ko‘payish imkoniyatini beradi. Organizmlarning yuqumli kasalliklarni
qo‘zg‘atuvchi mikroblarga qarshi kurashishi, o‘zini himoya qilishi,
organizmga kirgan yot moddaning tabiati hisobga olingan holda antitelo va
antitoksinlar
ishlab chiqarish xususiyati
immunitet
deyiladi.
Immun boshqarish
– bu organizmning hayot faoliyatini bir butun tizim
sifatida yot moddalarga nisbatan barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan
jarayonlar yig‘indisi sanaladi.
Immunitet hayvonlarda immun tizimi orqali o‘simlik va zamburug‘larda
hujayra qobig‘ining mustahkamligi va himoya moddalari, masalan fitonsid
va antibiotiklar orqali ta’minlanadi.
Organizm – yaxlit sistema, uning o‘z-o‘zini boshqarishi nerv va endokrin
sistemalar, himoya xususiyati immunitet orqali amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: