1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: 
o‘z-o‘zini bosh qa-
rish, nerv orqali boshqarish, nerv sistemasining tiplari: diffuz, stvol, zanjir, 
naysimon, gumoral boshqarish, immun boshqarish.
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. Hayvonlarning hayotiy jarayonlari qanday mexanizmlar vositasida boshqariladi? 
2. O‘simliklarning hayotiy jarayonlari qay tarzda boshqariladi? 
3. Nerv va endokrin sistemalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni aniqlang?
4. Nerv va gumoral boshqarish o‘rtasidagi umumiylik va farqlarni aniqlang.


208
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. 
1. Nerv va gumoral boshqarilishning o‘ziga xos xususiyatlarini jadvalga yozing.
Nerv va gumoral boshqarilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Nerv sistemasi orqali boshqarish
Gumoral boshqarish
2. Hayvonlar nerv sistemasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang va jadvalni 
to‘ldiring.
Hayvon guruhlari
Nerv sistemasining o‘ziga xos xususiyatlari
Bo‘shliqichlilar 
Yassi chuvalchanglar
To‘garak chuvalchanglar
Halqali chuvalchanglar
Molluskalar 
Bo‘g‘imoyoqlilar
Lansetnik 
Baliqlar 
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar
Sudralib yuruvchilar
Qushlar 
Sutemizuvchilar
40-§. HAYVONLARNING TANA QOPLAMI VA HARAKAT 
ORGANLARI EVOLUTSIYASI
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang. 
Olgan bilimlaringizga asoslanib, 
umurtqasiz va umurtqalilarda tana qoplami va harakat a’zolarining 
o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar haqida gapirib bering.
Hayvonlarning tana qoplami evolutsiyasi. 
Hayvonlarning tana qoplami, 
asosan, tashqi muhit ta’sirlari va zararli omillardan himoya qilish vazifasini 
bajaradi. Evolutsiya jarayonida bir organlar sistemasining takomillashuviga 
bog‘liq holda boshqa organlar sistemalarining paydo bo‘lishi va takomillashuvi 
sodir bo‘ladi. Funksiyasining ortishi natijasida dastlab himoya organi bo‘lgan 
teri nafas olish, sezish, termoregulatsiya va ayirish, sutemizuvchilarda ter 


209
bezlarining o‘zgarishi natijasida paydo bo‘lgan sut bezlaridan ajraladigan sut 
orqali naslini oziqlantirishda ishtirok etadi. Mazkur funksiyalar teri qoplami 
tuzilishining murakkablashuvi, unda turli hosila va bezlarning paydo bo‘lishi 
natijasida amalga oshadi.
Xordali hayvonlarda teri: epidermis va dermadan iborat. Epidermis 
ektodermadan, derma mezodermadan rivojlanadi. Boshskeletsizlarda teri 
qoplamining har ikkala qavati kuchsiz rivojlangan. Terining epidermis qavati 
bir qavat hujayralardan, shuningdek, bir hujayrali bezlardan iborat. Terining 
derma qavati (g‘ovak), biriktiruvchi hujayralardan tuzilgan.
Evolutsiya jarayonida umurtqalilarda epidermis ko‘p qavatli, pastki 
qavatidagi hujayralar tinimsiz ko‘payadi, ustki qavatidagi hujayralar 
ixtisoslashadi, muayyan muddatdan so‘ng nobud bo‘ladi va qurib tushib 
ketadi. Teri derma qavatining mustahkamligini ta’minlaydigan biriktiruvchi 
tolalar paydo bo‘ladi. Umurtqalilarda teri hosilalari paydo bo‘ladi, ularning 
xilma-xilligi hayvonlarning hayot tarzi va tuzilish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Shuningdek, terida turli vazifalarni bajaradigan yog‘ va ter bezlari rivojlangan.
Baliqlarda teri bezlari bir hujayrali, lansetnikiga o‘xshash ular ham shilimshiq 
suyuqlik ajratadi, mazkur suyuqlik baliq tanasi va suv o‘rtasidagi ishqalanish 
kuchini kamaytirib, baliqlarning suvda erkin harakatini ta’minlaydi. Baliqlarning 
tanasi qaysi sistematik guruhga mansubligiga qarab turli tangachalar bilan 
qoplangan. Tog‘ayli baliqlarning butun tanasi, og‘iz bo‘shlig‘i, uning shilliq 
qavati plakoid deb ataladigan tangachalardan iborat. Plakoidlar dentindan 
tuzilgan, usti emal bilan qoplangan bo‘lib, tikanga o‘xshash shaklga ega. 
Tog‘ayli baliqlarning og‘iz bo‘shlig‘idagi tangachalar oziq tutish vazifasini 
bajarganligi sababli hajmi yiriklashgan va tish vazifasini o‘taydi.
Suyakli baliqlarda tangachalar yumaloq shakldagi suyak, usti yupqa 
epidermis bilan qoplangan plastinkalardan iborat. Suyakdan iborat tangachalar 
baliq tanasini qoplab turgan derma hisobiga rivojlanadi (63-rasm).
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning qadimgi vakillari bo‘lgan 
stegotsefallarning tanasi baliqlarnikiga o‘xshash tangachalar bilan qoplangan.
Hozirgi suvda hamda quruqlikda yashovchilarning tanasi yupqa teri 
bilan qoplangan va ular tananing yaxlitligini ta’minlash, himoya qilish bilan 
birga nafas olishda ishtirok etadi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning 
terisida ko‘p hujayrali shilimshiq modda ajratadigan bezlar bo‘lib, ular tana 
qoplamini namlash bilan bir qatorda, dushmandan himoya qiladigan zaharli 
modda ishlab chiqaradi (64-rasm).
8 – Biologiya 11


210
1
2
1

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin