211
(muguz) moddadan iborat tangachalar (epidermis hosilasi) bilan qoplangan.
Ko‘pchilik sudralib yuruvchilar o‘sishi va tana
hajmining kattalashishi
natijasida tullaydi. Sudralib yuruvchilar terisida bezlar bo‘lmaydi. Ularning
tana qoplami organizmni yaxlitligini ta’minlab, mexanik ta’sirlar, kasallik
keltirib chiqaradigan mikroblardan himoya qilish vazifasini bajaradi (65-rasm).
Qushlarning terisi sudralib yuruvchilarnikiga o‘xshash quruq,
bezlari
bo‘lmaydi. Ko‘pchilik qushlarda dumg‘aza bezlari bo‘lib,
qushlar bu
bezdan ajraladigan yog‘simon modda bilan patlarini yog‘laydi. Qushlarning
tanasini qoplab turuvchi pat va parlar epidermis hosilasi bo‘lib, ularning
kelib chiqishi sudralib yuruvchilarning tangachalariga o‘xshash, tarkibi shox
moddadan tuzilgan (66-rasm).
Sutemizuvchilarning tana qoplami bajaradigan vazifasiga bog‘liq
holda
nisbatan murakkab tuzilgan. Terisi jun bilan qoplangan va unda har xil
vazifani bajaruvchi (yog‘, sut, ter, hid) bezlar bor. Sutemizuvchilarning
ter bezlari ixtisoslashib, sut bezlariga aylangan. Teridagi yog‘ bezlari
faqat sutemizuvchilarga xos. Yog‘ bezlari ajratadigan yog‘ teri yuzasi, jun
qoplamini yog‘lab, namlanishning oldini oladi va uning elastikligini ta’min-
laydi, qurub qolishdan himoya qiladi. Sutemizuvchilarga xos belgilardan biri
epidermis hosilalari: jun, tirnoq, tuyoq, shoxlarning paydo bo‘lishi sanaladi.
Jun qoplami ixtisoslashgan bo‘lib, mayda jun (tivit)lar termoregulatsiya,
qillar esa sezuvchi nerv tolalari bilan birlashib tuyg‘u vazifasini bajaradi
(67-rasm).
Odamning embrional rivojlanishining muayyan
bosqichida homila tanasida
jun qoplami paydo bo‘ladi va embriogenezning yakunida yo‘qolib ketadi.
Dostları ilə paylaş: