234
Biosfera
(yunoncha – «bios» – hayot, «sphaira» – shar) – yerning tirik organizmlar
istiqomat qiladigan va ular tomonidan yaratilgan qobig‘i.
Biotik omillar
(yunoncha – «biotikos» – tirik, hayotiy). Tirik tabiat (tirik
organizmlar)ning biror tirik organizmga ta’sir ko‘rsatadigan tarkibiy qismi.
Biotop
(yunoncha – «bios» – hayot, «topos» – joy) –
bir xil tashqi muhit
omillariga ega bo‘lgan hudud.
Detrit
(yunoncha – «eskirgan») – organizm hayot faoliyati yoki uning halok
bo‘lishi natijasida hosil bo‘ladigan organik qoldiq.
Detrit tipidagi oziq zanjiri
– detritdan boshlanadigan va detritofag, redutsentlar
hamda mineral moddalar bilan tugallanadigan oziq zanjiri.
Divergensiya
(yunoncha – rad etish, ajralish) – turli xil ekologik muhitda yashovchi,
kelib chiqishi yaqin bo‘lgan organizmlar va ularning guruhlarida belgilarning ajralishi.
Dostları ilə paylaş: