32
anemofill (yunoncha «anemos» – shamol, «filiya» – yaxshi ko‘raman)
o‘simliklarda evolutsiya jarayonida bir qancha moslanish belgilari paydo
bo‘lgan. Havo oqimlari hayvon va o‘simliklarning Yer yuzi bo‘ylab
tarqalishiga imkon beradi. Shamol o‘simlik urug‘lari va mevalarining uzoq
masofalarga tarqalishini ta’minlaydi. Siz botanika o‘quv fani orqali meva va
urug‘lari shamol yordamida tarqaladigan o‘simliklar – anemoxor (yunoncha
«anemos» – shamol, «chorea» – tarqalish) o‘simliklarda ham bir qancha
moslanishlar yuzaga kelganligini bilasiz.
Quruqlik-havo muhiti uchun geografik kengliklar va mintaqalar xos bo‘lib,
Yer sharining turli mintaqalarida iqlim sharoitlarining turlicha bo‘lishi, har
bir iqlim mintaqasidagi o‘ziga xos o‘simliklar va hayvonot dunyosida aks
etadi. Quruqlik-havo muhiti cho‘l, dasht, o‘rmon, g‘or, botqoqlik, tekislik
va tog‘lar kabi xilma-xil yashash muhitlari bilan xarakterlanadi.
Dostları ilə paylaş: