Fiziologik moslanishlar. Issiq haroratda o‘simliklarni qizib ketishdan
himoya qiluvchi samarali vosita – barg og‘izchalari orqali transpiratsiya –
suv bug‘latish hisoblanadi. Cho‘l o‘simliklarining ko‘pchiligi qisqa hayot
sikliga ega. Ularning vegetatsiya davri bahorga to‘g‘ri keladi, yozda esa
bu o‘simliklar tinim davriga o‘tadi. Urug‘i tinim davrini o‘tadigan bir
yillik o‘simliklar
efemerlar deyiladi. Piyozboshi, tugunagi, ildizpoyasi tinim
davrini o‘tadigan ko‘p yillik o‘simliklar esa
efemeroidlar deyiladi.
Ayrim o‘simliklar (yo‘sinlar) va lishayniklar mavsumning suv tanqis
bo‘lgan haddan tashqari issiq va sovuq davrlarida tanasidagi suv miqdorining
kamayishi natijasida uzoq muddat anabioz (hayotiy jarayonlarning vaqtin-
chalik to‘xtashi) holatiga o‘tadi.
Morfologik moslanishlar. Y
er yuzining tropik va subtropik iqlim
mintaqalarida o‘sadigan o‘simliklar yuqori haroratning ta’sirini kamaytiruvchi
bir qator moslanishlarga ega. Barglarning rangi och tusda bo‘lishi, sirti
tukchalar yoki mum bilan qoplanganligi buning yaqqol misolidir. Barglar
shaklining o‘zgarishi natijasida barg yuzasining kichrayishi ham ortiqcha
yorug‘lik nuridan himoya vositasidir. Masalan, barglarning tikanlarga
aylanganligi (kaktus), mayda qipiqsimon shaklda bo‘lishi (saksovul, archa),
barglarning qirqilgan bo‘lishi (palma), barglarning buralgan bo‘lishi (kovul),
ignasimon shaklda bo‘lishi (qarag‘ay, qoraqarag‘ay).
Barg yaprog‘ining burilishi natijasida barg yaproqlari yorug‘likka nisbatan
vertikal yo‘nalishda joylashadi, bu esa o‘z navbatida ularni ortiqcha qizib
ketishdan himoyalaydi.
Sovuq iqlim sharoitida o‘sadigan daraxtlarning bo‘yi past bo‘lishi (qa-
yin, tol), yer bag‘irlab yotib o‘sishi (Turkiston archasi), o‘t o‘simliklar
yostiqsimon shaklda (yaylov o‘simliklari) bo‘lishi ham morfologik moslanish-
lar natijasidir. Bu o‘simliklarga shamolning ta’siri kam, qishda esa ular qor
bilan qoplanib, sovuq ta’siridan ko‘proq himoyalangan bo‘ladi, yoz oylarida
tuproqning issiqligidan ko‘proq foydalanadi.