1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: 
ilmiy ko‘nikma, biosis-
tema, ekologiya, biogeotsenoz, jamoalar, biotsenoz, ekotizimlar, biosfera.
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. Biologik sistemaga ta’rif bering.
2. Iyerarxiya tamoyiliga rioya qilgan holda, jonli materiyani tashkil qilish da-
ra ja sini belgilang.
3. «Biotsenoz», «biogeotsenoz», «biologik sistema» o‘rtasidagi farqni tavsiflang. 
4. Ekologiyaning zamonaviy ta’rifini bering. 
5. Ekologiya qanday vazifalarni hal qilishi kerak?
6. Hayotning tuzilish darajasini ularni o‘rganadigan fanlar bilan juftlang. Ha -
yotning tuzilish darajalari: 1) biosfera; 2) organizm; 3) molekula; 4) hu-
jayra; 5) populatsiyalar; 6) to‘qima; 7) biogeotsenoz. Biologik fanlar: 
a) bo tanika; b) ekologiya; c) sitologiya; d) anatomiya; e) molekular 
biologiya; f) fiziologiya; g) gistologiya; h) zoologiya.
O‘z fikringizni bayon eting.
1. Aniq misollar asosida zamonaviy inson uchun ekologik bilimlar zarurligini 
tushuntiring.
2. Insonning sanoat, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, transport sohasi va 
ta biatni muhofaza qilishda atrof-muhitga oid bilimlardan foydalanishiga 
misol lar keltiring.
3. Ekologiya nafaqat fan, balki yangi turmush tarzi va hayotning yangi ko‘ri-
ni shi ham, degan fikr bor. Uning ma’nosini tushuntiring.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
Jadvalni to‘ldiring.
Hayotning tuzilish 
darajasi
Tarkibiy qismlari
Ushbu darajada yuz
beradigan jarayonlar
Molekula
Hujayra


9
Organizm
Populatsiya
Biogeotsenoz
B
iosfera
Quyida berilgan obyektlarning tuzilish darajasini aniqlang.
Obyektlar
Tuzilish darajasi
Y
urak, jigar, o‘pka
S
itoplazma, xloroplastlar, yadro
B
arg, ildiz, poya
Quyon
D
elfinlar to‘dasi
Yer sayyorasi va undagi hayot
Xromoproteinlar
C
ho‘l
Q
on aylanish tizimi
Xromosoma va genlar
A
myoba, infuzoriya

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin