1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Antibioz.
Antibioz munosabatlarga o‘zaro raqobat, parazitizm, yirtqichlik, 
amensalizm kabi munosabat shakllari misol bo‘ladi. 


71
Hamsoyalik: gorchak baliq ikki pallali 
molluskaning mantiya bo‘shlig‘iga 
tuxum qo‘yadi. 
Protokooperatsiya: aktiniya «zohid» qisqich-
baqasini yirtqich baliqlardan himoya qiladi, u 
esa aktiniyalarning tarqalishini ta’minlaydi.
O‘zaro raqobat: erkak sutemizuvchilar 
ko‘payish davrida oila qurish imkoniyati 
uchun bir-biri bilan olishadi. 
Hamxo‘raklik: yopishqoq baliqning orqa 
suz gichi so‘rg‘ichlarga aylangan bo‘lib, baliq 
ular yordamida akula tanasiga yopishib oladi. 
17-rasm. 
Tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar.
O‘zaro raqobat
– o‘xshash ekologik ehtiyojlarga ega turlar orasidagi 
munosabatlardir. Bunday turlar birga yashaganda birining mavjudligi hamma 
vaqt ikkinchisining yashash imkoniyatlarini kamaytiradi. Raqobat bir turga 
mansub (tur ichidagi raqobat) va har xil turlarga mansub (turlararo raqobat) 
individlarning oziq, yashash joyi uchun va boshqa ekologik sharoitlar uchun 
kurashda namoyon bo‘ladi. O‘zaro munosabatning bu shakli birga yashovchi 
ikki turga ham salbiy ta’sir qiladigan yagona ekologik munosabatdir. 
O‘zaro raqobatni quyidagi misollarda ko‘rish mumkin. Yorug‘lik, suv va 
tuproqdagi mineral moddalar uchun o‘simliklar o‘rtasida; bitta oziq manbayi 
bo‘lgan o‘simliklar uchun o‘simlikxo‘r hayvonlar, kemiruvchilar, chigirtkalar 


72
o‘rtasida; mayda baliqlar bilan oziqlanuvchi bir suv havzasida yashaydigan 
yirtqich baliqlar o‘rtasida; tovushqon va quyonlar bilan oziqlanadigan bo‘ri 
va tulkilar o‘rtasida, kemiruvchilar bilan oziqlanuvchi yirtqich qushlar 
o‘rtasida raqobat kuzatiladi. 
Bir turga mansub individlarning oziq, yashash joyi va boshqa ekologik 
sharoitlarga ehtiyoji bir xil bo‘lgani sababli tur ichidagi o‘zaro raqobat 
keskin, shiddatli kechadi. O‘zaro raqobat populatsiyaning nimjon, zaif 
individlarining nobud bo‘lishiga, kuchli, muhit sharoitlariga ko‘proq mos-
lashgan individlarning yashab qolishiga, ya’ni tabiiy tanlanishga olib keladi. 
Har xil turga mansub organizmlarning oziq, yashash joyi va boshqa ekologik 
sharoitlar uchun o‘zaro raqobati har ikki tur uchun ham zararlidir. Odatda bir 
xil sharoitda birga yashaydigan va bir xil ovqat bilan oziqlanadigan, ya’ni 
ekologik sharoitlarga ehtiyoji bir xil organizmlar biri boshqasini siqib chiqaradi. 
Turlararo raqobat rus biologi G. F. Gauze (1932) tomonidan yaxshi o‘rganilgan. 
U o‘z tajribasida oziqlanish xususiyatlari o‘xshash bo‘lgan infuzoriyalarning ikki 
turini pichan ivitmasida avval alohida idishlarda, so‘ng bitta idishda ko‘paytirdi. 
Alohida idishlarda infuzoriyalar normal ko‘payib, soni optimal darajagacha 
yetadi. Har ikki turni bir idishda ko‘paytirilganda esa, dastlab ikki turning soni 
avvaliga o‘sib boradi, lekin keyinchalik birinchi turga mansub infuzoriyalar 
soni asta-sekin kamayib borib, so‘ngra oziq muhitidan butunlay yo‘qolib ketdi. 
Bunda ikki turga mansub infuzoriyalar bir-biriga hech qanday salbiy ta’sir 
ko‘rsatmagan, faqat bir turga mansub infuzoriyalarning o‘sish jadalligi ikkinchi 
turnikidan yuqori. O‘zaro raqobatli munosabatlarda ekologik muhitga ko‘proq 
moslashgan tur g‘olib chiqadi. Ushbu tajribadan «raqobatni cheklovchi prinsip» 
deb ataluvchi qonun kelib chiqadi: ikkita o‘xshash ekologik ehtiyojga ega turlar 
birgalikda yashay olmaydi, bir tur (raqobatbardosh tur) ikkinchi turni (kam 
raqobatbardosh) albatta siqib chiqaradi. 
Agar birgalikda yashayotgan turlarning ekologik ehtiyojlari turlicha 
bo‘lsa, ular o‘rtasida raqobat kuzatilmaydi. Evolutsiya jarayonida turlar 
birgalikda yashashga moslashadi. Masalan, o‘troq yashovchi qushlar qish 
oylarida o‘zlariga kerakli oziqni turli joylardan izlash orqali o‘zaro raqobatni 
bartaraf etadi. Ayrim qushlar o‘z ozig‘ini daraxtlardan izlasa, ayrimlari 
yerdan topadi. 
Shunday qilib, turlar o‘rtasidagi raqobat «raqobatni inkor etuvchi prinsip» 
qonuniga ko‘ra bir turning ikkinchisini siqib chiqarishi orqali yoki turlarning 
birgalikda yashashiga imkon beruvchi turlicha ekologik ixtisoslashuv orqali 
bartaraf etiladi. 


73

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin