85
O‘lim ko‘rsatkichi –
vaqt birligida nobud bo‘lgan organizmlar soni. Bu
de mo grafik jarayonlarning xususiyatlaridan biridir. Tug‘iluvchanlikka qara-
ma-qarshi xususiyat bo‘lgan o‘lim tabiiy populatsiyalardagi
organizmlar
soniga ta’sir ko‘rsatadi. Tug‘iluvchanlik normal kechayotgan sharoitda
o‘lim ko‘rsatkichi ga qarab populatsiyadagi organizmlar
sonining kelajakda
o‘zgarishini bashorat qilish mumkin. Agar o‘lim ko‘rsatkichi ortsa, organizm-
lar soni kamayib boradi. Agar o‘lim ko‘rsatkichi o‘zgarmasa, organizmlar
soni doimiyligicha qoladi. Agar o‘lim kamaysa, organizmlar soni ortadi.
Populatsiyadagi individlar sonining ortish tezligini tug‘uluvchanlik va o‘lim
ko‘r satkichlari o‘rtasidagi nisbat belgilab beradi. Tug‘iluvchanlik va o‘lim
ko‘rsatkichlari nisbatiga ko‘ra quyidagi populatsiyalar farqlanadi: barqaror
populatsiya, bunda tug‘iluvchanlik va o‘lim ko‘rsatkichlari teng, organizmlar
soni bir miqdorda bo‘ladi: kamaymaydi va ko‘paymaydi,
areali kengaymaydi
va qisqarmaydi. O‘sib borayotgan populatsiya, bunda tug‘iluvchanlik o‘lim
ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lib, individlar soni ortib boradi.
Qisqarib borayotgan
populatsiya, bunda o‘lim ko‘rsatkichi tug‘iluvchanlikdan yuqori, individlar soni
kamayib boradi. Bu holat individlar soni ortishi
bilan yashash sharoitining
yomonlashuvi oqibatida yoki insonlar tomonidan jadal ravishda yo‘q qilinganda
kuzatiladi. Bunday populatsiya muhofazaga muhtoj hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: