1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


-rasm.  Etologik tuzilmalar. 91 22-rasm



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

21-rasm. 
Etologik tuzilmalar.


91
22-rasm. 
Pavianlar to‘dasida individlarning harakatlanishi: birinchi halqada erkak pa
-
vianlar, ikkinchi halqada urg‘ochilar, ichki halqada yosh pavianlar. А – ovqatlanish joyi 
tomon harakatlanish; B – yirtqich hayvon hujum qilgan vaqtda harakatlanish.
moslashgan individlar yig‘indisidan tashkil topadi. Ustritsa, midiyalarning 
koloniyalari yakka formalarning hududiy birlashmalari sanaladi. Qaldirg‘och, 
pingvinlar koloniyalarida hayvonlarning ba’zi hayotiy funksiyalari kelishilgan 
holda amalga oshiriladi (masalan, dushmandan himoyalanish). Termitlar, 
chumolilar, arilarning koloniyalarida individlar o‘rtasida vazifalar o‘zaro 
taqsimlanadi. 
Shunday qilib, populatsiyaning ekologik tuzilishi uni tashkil etuvchi 
organizmlarning yashash muhiti resurslaridan to‘laroq foydalanishi, birgalikda 
hayot kechirishiga yaxshiroq moslashishini ta’minlaydi.
Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: 
populatsiya gomeostazi, 
populatsiya zichligi, jinsiy tarkib, yosh tarkibi, tug‘iluvchanlik, fazoviy struk-
tura, etologik struktura. 
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. Biotsenozning turlar xilma-xilligi qanday ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi? 
Biotsenoz barqarorligining shu ko‘rsatkichlarga bog‘liqligini izohlang.
2. Barqaror biologik tizim sifatida populatsiya qanday xususiyatlarga ega?
3. Populatsiyaning miqdor dinamikasini o‘rganish qanday ahamiyatga ega?
4. Tabiiy populatsiyalar sonining davriy va davriy bo‘lmagan o‘zgarishlariga 
misol keltiring. 
5. Populatsiya zichligining ortishi qanday o‘zgarishlar bilan birga kechadi? 
Tug‘i luvchanlik va o‘lim ko‘rsatkichi nisbatiga ko‘ra qanday populatsiyalar 
farqlanadi?
6. Quyida berilgan organizmlarning qaysilari guruh hosil qiladi: bug‘doyiq, 
gidra, binaf sha, bo‘ri, planariya, beda, go‘ngqarg‘a?
A
B


92
7. Hayvonlarning ijtimoiy guruhlarida etologik strukturaning har xil turlariga 
mi sollar keltiring. 
8. Biotsenozning vertikal strukturasi shakllanishida qaysi tarkibiy qismi muhim 
ahamiyatga ega?

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin