1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Dengiz ekosistemalariga
ochiq dengizlar (okean), kontinental shelflar, 
ko‘rfazlar, bo‘g‘ozlar, daryolarning quyilish joylari (limanlar) kiradi. Dengiz 
ekosistemalari 
Y
er sharining 70% ini egallaydi. Dengizlarning eng chuqur 
nuqtalarida ham hayot mavjud. Dengizlar va okeanlarda suvning doimiy 
aylanishi kuzatiladi, dengiz ekosistemalarida to‘lqinlar vujudga keladi. 
Dengiz suvining sho‘rlanish dara jasi juda yuqori (30% gacha), shu sababli 
dengizda yashovchi organizmlarda suv yo‘qotilishiga qarshi bir qancha 
mosla nishlar vujudga kelgan. Dengizlarda plankton, nekton va bentos 
organizmlar yashaydi.
Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: 
tabiiy ekosistema, sun’iy 
ekosistema, biomlar, chuchuk suv ekosistemasi, dengiz ekosistemasi.
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. Chuchuk suv ekosistemasi qanday komponentlardan tarkib topgan? Nima uchun 
uning tarkibida produtsentlarning biomassasi konsumentlarnikiga qaragan da 
kam? 
2. O‘rmonlarda hayotni qanday omillar ta’minlaydi? 
3. Fitoplankton, zooplankton va bentos organizmlar ro‘y xatini tuzing, ular ning 
ko‘l ekosistemasidagi o‘rnini aniqlang
4. Qaysi abiotik omil chuchuk suv ekosistemasiga ko‘proq ta’sir etadi? Uning 
ta’siri na tijasida ekosistemada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
O‘
z fikringizni bildiring.
1. Hozirgi paytda tropik o‘rmonlarni kesish avj olib bormoqda. O‘rmonlarning 
kesilishi biologik xilma-xillikni kamayishiga sabab bo‘ladi. Chunki tirik 
organizmlarning deyarli 50% i mana shu o‘rmonlarda hayot kechiradi. Lekin 
bu o‘rmonlar xalqaro qo‘riqxonalar tarkibiga kirmaydi. Shu sababli ham 
iqtisodiy rivojlanish uchun xizmat qilishi kerak. Bu muammo yuzasidan 
qanday taklif bera olasiz?


112
20-§. MARKAZIY OSIYO VA O‘ZBEKISTONNING TABIIY 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin