114
To‘qaylarda sutemizuvchilardan to‘n g‘iz, to‘qay mushugi, bo‘rsiq, bo‘ri,
chiyabo‘ri, tovushqon; qushlar dan o‘rdak, g‘oz, churrak, kakku, baliqchi qush,
bir qozon, qirg‘ovul, qirg‘iy va boshqalar uchraydi.
Adirlar
O‘zbekiston hududining dengiz sathidan 500–1200 m gacha
bo‘lgan joylardir (30-rasm). Adirlarning tuprog‘i cho‘lga nisbatan unumdor,
o‘simliklarning vegetatsiya davri birmuncha uzoq davom etadi. Bu
mintaqada madaniy ekinlar sun’iy sug‘oriladi yoki lalmi ekinlar ekiladi.
Adir o‘simliklarining ko‘pchiligi chim hosil qilib o‘sadi. Bu xususiyat
tuproqni suv, yog‘in, shamol eroziyasidan saqlaydi. Adirlarda bo‘yimodaron,
andiz, shirach, lolaqizg‘aldoq, qo‘ziquloq, oqquray, marmarak, kakra kabi
o‘simliklar o‘sadi.
Adirlarda kemiruvchilardan: sichqon, kalamush, yumronqoziq;
tuyoqlilardan: oqquyruq, jayron; sudralib yuruvchilardan: ilonlarning bir
qancha turlari uchraydi. Cho‘lga xos bo‘lgan ba’zi turlar (cho‘l toshbaqasi,
kaltakesak, sariq ilon, malla yumronqoziq, echkemar va boshqalar) adirning
quyi qismida ham yashaydi. Adirning balandlik mintaqa sida qushlardan
burgut, miqqiy, qirg‘iy, boltayutar, ilonburgut, ukki, boyo‘g‘li, bedana, kaklik,
so‘fito‘rg‘ay uchraydi (31-rasm).
Dengiz sathidan 1200 –1600 metrdan 2700 –2800 metrga cha balandlikda
Dostları ilə paylaş: