O‘z fikringizni bildiring. 1. Biosfera tirik moddasi funksiyalariga insonlarning biogeokimyoviy faoliyatini
kiritish mumkinmi? Bu funksiyaning mohiyati va biosferadagi ahamiyati
nimada deb o‘ylaysiz?
2. Ma’lumki, suv haroratining ko‘tarilishi tufayli suvdagi kislorod miqdori
kamayadi? Lekin ekvator yaqinida okeanlarning yuzasida kislorodning miqdori
doim yuqori bo‘ladi. Bu holatni qanday izohlash mumkin?
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. Biosferadagi tirik modda va uning ahamiyatini jadvalda ifoda eting.
Tirik moddalar vazifasi Organizmlar Vazifalarning namoyon bo‘lishi Energetik funksiya
Konsentratsiyalash funksiyasi
Destruktiv funksiya
Muhit yaratish funksiyasi
Gaz almashinish funksiyasi
Oksidlanish-qaytarilish funksiyasi
Transport funksiyasi
28-§. BIOSFERA BIOMASSASI Tayanch bilimlaringizni qo‘llang. Geografiya o‘quv fanidan qutblardan ekvator tomonga qarab Yerning geografik tabiiy zonalarining joylashuvini eslang. Fotosintez jarayonining mexanizmi va kosmik ahamiyatini yodga oling. Qanday organizmlar fototroflar deb ataladi? Biosferadagi barcha tirik organizmlar: hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizm-
larning umumiy massasi
biomassa deb ataladi. Yer sayyorasining biologik
massasi o‘rtacha 2423 milliard tonnani tashkil etadi. Quruqlik va okeanlar
biomassalari bir-biridan farq qiladi (5-jadval).
5-jadval Sayyora tirik modda biomassasi (quruq modda hisobida) Organizmlar Tirik modda biomassasi Qit’alar Dunyo okeani mlrd t
%
mlrd t
%
Yashil o‘simliklar
2400
99,2
0,2
6,3
Hayvonlar va mikro organizmlar
20
0,8
3,0
93,7
Jami