148
okeanda kechadi. Okeanlardagi hayvonlarning oziqlanishida planktonlarning
ahamiyati juda katta. Suvo‘tlari va sodda organizmlar bilan mayda
qisqichbaqasimonlar oziqlanadi. Qis qichba qasimonlar esa o‘z
navbatida
mayda baliqlarga oziq bo‘ladi. Mayda baliqlarni yirtqich baliqlar va qushlar
ovlaydi. Mo‘ylovli kitlar ham faqat planktonlar bilan oziqlanadi.
Okeanlarda, ayniqsa okean tubida organik qoldiqlarni anorganik
moddalarga parchalovchi bakteriyalar ko‘p. O‘simlik va hayvon qoldiqlari
asta-sekin okean tubiga cho‘kadi. Ularning ko‘pchiligi kremniy, ohak
moddadan iborat qobiq bilan yoki ohak chig‘anoq bilan qoplangan bo‘lib,
okean tubida cho‘kindi jinslarni hosil qiladi. 100 mln yil ilgari dengiz bilan
qoplangan Markaziy Osiyodan ohak va bo‘r konlari topilgan. Ular tarkibida
qadimgi mikroskopik hayvonlar (ildizoyoqlar)ning chig‘anoqlarini
topish
mumkin.
Dengiz va okeanlardan neft qazib olish, uni tankerlar orqali tashish kabi
inson faoliyati dunyo okeanini ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda. Dengiz va
okean suvlarining ifloslanishining oldini oladigan chora-tadbirlarga rioya
qilish muhim.
Tuproq biomassasi.
Tuproq nafaqat o‘simliklar o‘sishi uchun zarur
muhit
hisoblanadi, balki xilma-xil tirik organizmlarga ega biogeotsenoz
hamdir. Tuproq biomassasini tuproqda yashovchi tirik organizmlar tashkil
qiladi va aynan shular tuproqning shakllanishida muhim ahamiyat kasb
etadi. Har bir tuproqning o‘ziga xos biotsenozlari mavjud. Bu biotsenozlarni
o‘simlik ildizlari, mikroorganizmlar,
chuvalchanglar, hasharotlar va
ularning lichinkalari, ko‘rsichqonlar va yumronqoziqlar tashkil qiladi.
Ularning faoliyati tufayli tuproq unumdorligi ortadi, ularning qoldiqlari esa
bakteriyalar uchun organik modda manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan,
yomg‘ir chuvalchanglari 1 ga maydonda 25 t tuproqni o‘z ichaklari orqali
o‘tkazib, 0,5 sm qalinlikda unumdor tuproq hosil qiladi.
Tuproqning yuza
qatlamlarida esa bir hujayrali yashil suvo‘tlar va sianobakteriyalar yashab,
fotosintez jarayonida tuproqni kislorod bilan boyitadi.
Tuproq biomassasi qutblardan ekvator tomonga ortib boradi. Yomg‘ir
suvlari, erigan qorlardan hosil bo‘ladigan suvlar tuproqni kislorod va
mineral tuzlar bilan to‘yintiradi. Erigan moddalarning ma’lum miqdori
tuproqda qolsa, ko‘proq qismi esa daryolarga, ular orqali esa dengiz va
149
okeanlarga chiqarib tashlanadi. Tuproq orqali yerosti suvlari doim bug‘lanib
turadi, tuproqda to‘xtovsiz gaz almashinuvi sodir bo‘ladi.
Tunda harorat
pasayganda atmosfera gazlari siqilishi tufayli havoning bir qismi tuproqqa
o‘tadi. Tuproqqa o‘tgan kislorod o‘simlik va hayvonlar tomonidan nafas
olish jarayoniga sarflansa, azot gazi azot fiksatsiyalovchi bakteriyalar
tomonidan o‘zlashtiriladi. Kunduzi harorat ortganda tuproq isishi natijasida
tuproqdan
atmosferaga karbonat angidrid, vodorod sulfid, ammiak kabi
gazlar ajraladi. Tuproqda sodir bo‘ladigan barcha jarayonlar biosferada
moddalar aylanishini ta’minlaydi.
Insonning xo‘jalik faoliyati, pestitsidlar (o‘simlik zararkunandalari, ka-
sallik qo‘zg‘atuvchilariga qarshi qo‘llaniladigan kimyoviy vosita)
biosfera-
da muhim tarkibiy qismi bo‘lgan tuproq organizmlarining yoppasiga nobud
bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Tuproq bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish va
uni muhofaza qilish lozim. Hozirgi kunda insonlar million yillar davomida
shakllangan ulkan ekotizim qonuniyatlarini buzmagan holda hamda
biomassaning qisqarishiga olib kelmaydigan faoliyat yuritishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: