1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

 
geologik
 
davriy
 
aylanishi
deyi ladi. 
Moddalarning geologik aylanishi abiotik omillar ta’sirida amalga oshiriladigan 
moddalar migratsiyasi hisoblanadi. Vaqt o‘tishi bilan quyosh nuri, atmosfera, 
yog‘ingarchilik ta’sirida tog‘ jinslari yemiriladi, shamol ta’sirida nuraydi 
va dunyo okeaniga oqizib ketiladi. Ular okean tubida to‘planib cho‘kma 
jinslarni hosil qiladi. Tektonik harakatlar tufayli materiklarning ayrim 
qismlari cho‘kadi va suv ostida qoladi, ayrim qismlari ko‘tariladi, ya’ni tog‘ 
hosil bo‘lish jarayonlari to‘xtovsiz davom etadi. Natijada okeanlar tubida 
yig‘ilgan tog‘ jinslari quruqlik yuzasiga ko‘tarilsa, kontinentlarning yuzasida 
to‘planib borgan tog‘ jinslari esa suv ostida qoladi. 
Tirik moddaning paydo bo‘lishi bilan geologik aylanish asosida organik 
moddalarning davriy aylanishi, ya’ni 
biologik davriy aylanish
yuzaga 
keldi. Tirik organizmlarning rivojlanishi natijasida geologik aylanishda 
ishtirok etuvchi elementlar hayotning asosi hisoblanadigan hamda to‘xtovsiz 
davom etadigan biologik davriy aylanishga qo‘shilib boradi. Biosferaning 
rivojlanishi va undagi jarayonlarning sodir bo‘lishi biogen elementlarning 
uzluksiz ravishda davriy aylanishi bilan bog‘liq. Tirik organizmlarning 
hayot faoliyati uchun ayrim elementlar ko‘p, ayrim elementlar esa kam 
miqdorda zarur. Shunga ko‘ra biologik davriy aylanishda ishtirok etuvchi 
biogen elementlar makroelementlar va mikroelementlarga ajratiladi. 


151
Tirik organizmlar hayot faoliyati uchun zarur elementlar 
biogen 
elementlar
deyiladi. Biogen elementlarga C, H, O, N, S, P, Ca, K, Cl, Fe, 
Mg, Cu, Mn, Zn, Mo, Br, B, I kabi elementlar kiradi. Bular orasida C, H, 
O, N, S, P eng muhim elementlar hisoblanadi. 
Moddalarning geologik davriy aylanishi biologik davriy aylanishdan 
bir qancha xususiyatlari bilan farqlanadi: geologik davriy aylanishning 
harakatlantiruvchi asosiy kuchi suvning okeanlar va quruqlik o‘rtasida 
to‘xtovsiz aylanib turishi bo‘lsa, biologik davriy aylanishni harakatlantiruvchi 
kuchi tirik organizmlarning oziqlanishidagi farqlar hisoblanadi. Moddalarning 
geologik aylanishida 
Y
er qobig‘idagi barcha kimyoviy elementlar ishtirok 
etsa, biologik davriy aylanishda esa faqat biogen elementlar ishtirok etadi. 
G
eologik davriy aylanishning davomiyligi bir necha o‘n ming va yuz 
ming yillarni tashkil etsa, biologik davriy aylanishni ta’minlovchi biogen 
elementlarning davriy aylanish sikli qisqa – bir necha yil, bir necha o‘n va 
yuz yillarni tashkil etadi. 
Biologik davriy aylanish geologik davriy aylanishdan farq qilib, biosfera 
doirasida sodir bo‘ladi. Biologik davriy aylanishning mohiyati, avtotrof 
organizmlar tomonidan fotosintez jarayonida anorganik moddalardan organik 
birikmalarning sintezlanishi, mazkur organik birikmalarning oziq zanjiridagi 
konsumentlar ishtirokida o‘zlashtirilishi, redutsentlar tomonidan esa qaytadan 
anorganik moddalarga parchalanishida namoyon bo‘ladi. 
Redutsentlarning hayotiy faoliyati tufayli organik birikmalar anorganik 
moddalarga aylantirilib, qaytadan biologik davriy aylanishda ishtirok 
etishi yoki uning tarkibidan chiqib, geologik davriy aylanishga qo‘shilishi 
mumkin. O‘z navbatida geologik aylanishda ishtirok etayotgan elementlar 
tirik organizmlar tomonidan o‘zlashtirilib biologik davriy aylanishga jalb 
etilishi mumkin. Biologik hamda geologik davriy aylanishlar bir-biri bilan 
chambarchas bog‘liq bo‘lgani uchun bu jarayonlarga bir butun, yaxlit, ya’ni 
elementlarning 
biogeokimyoviy davriy aylanishi
deyiladi (43-rasm).
Biosferaning barcha tarkibiy qismlari – o‘simliklar, hayvonlar, mikroor-
ganizmlar hamda litosfera, gidrosfera, atmosferaning tirik organizmlar 
egallagan qismlari bir-biri bilan moddalar va energiyaning yagona davriy 
aylanishi orqali chambarchas bog‘langan. Bu jarayon ekosistemada nafaqat 
organik moddalarni sintezlovchi avtotroflarning, balki organik moddalarni 
iste’mol qiluvchilar va parchalovchilar – geterotroflarning mavjudligi bilan 
ta’minlanadi. 


152
Avtotrof organizmlarda organik moddalarning sintezlanishi, ularning 
o‘zlashtirilishi tufayli o‘zgarishi, parchalanishi kabi jarayonlar o‘rtasidagi 
mutanosiblik ekosistemaning barqarorligini ta’minlaydi. Ekosistemaning 
barqarorligi ularning o‘z tarkibi, strukturasi, funksiyalarining doimiyligini 
saqlasa-da, hatto ba’zi jihatlariga ziyon yetganda ham qaytadan tiklanishi 
kabi xususiyatlarida namoyon bo‘ladi. 
Biosferaning barqarorligi tirik moddalar – turlarning xilma-xilligi, tirik 
organizmlarning hayotiy faolligi, ekosistema tarkibiy qismlarining bir vakili 
ikkinchisining o‘rnini to‘ldira olishi bilan ham belgilanadi. 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin