1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: 
biogeotsenoz, biotsenoz
biotop, biogeokimyoviy sikl, mikroekosistemalar, makroekosistemalar, mezoeko-
sistemalar, global ekosistema.
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. Ekosistema va biogeotsenozga ta’rif bering. Ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va 
farqlarni aniqlang.


18
2. Ekosistemaning tarkibiy qismlarini aytib bering? Ularning ahamiyati nimadan 
iborat?
3. «Biotsenoz» va «biotop» tushunchalariga ta’rif bering. 
4. Ekosistemada organizmlarning qanday funksional guruhlari mavjud? 
5. Ekosistemadagi turli funksional guruhlarga kiruvchi organizmlar ahamiyatini 
ko‘rsating.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
Biogeotsenoz va ekosistemalarning o‘xshashlik va farqini aniqlang. Jadvalni 
to‘ldiring.
Biogeotsenoz xususiyatlari
O‘xshashligi
Ekosistema xususiyatlari
4-§. EKOSISTEMALARNING TARKIBIY QISMLARI
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
. Biogeotsenozlar biosistema sifatida 
qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan?
 
Har qanday o‘lchamdagi majmualardan iborat ekosistemadan farqli 
ravishda biogeotsenozlar aniq hudud bilan chegaralangan. Ana shunday 
ayrim farqlar mavjudligiga qaramay «biotsenoz» va «jamoa», «biogeotsenoz» 
va «ekosistema» tushunchalari bitta tabiiy hodisa – hayotning turdan yuqori 
tuzilish darajasidagi biologik sistemalar hisoblanadi. 
Ekosistema ikkita tarkibiy qism – muhit sharoitlari (biotop) va 
Y
er 
yuzida moddalarning davriy aylanishi hamda energiya oqimini ta’minlovchi 
uchta funksional guruhga birlashadigan tirik organizmlar (biotsenoz)dan 
tashkil topgan.
Biotop
(yunoncha «bios» – hayot va «topos» – joy yoki yashash joyi), 
nafaqat jamoaning egallagan joyi, balki jamoa hayotini belgilovchi muhit 
omillarining o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq kompleksidir. Tirik organizmlar o‘z 
hayotiy faoliyatlari davomida muhitning abiotik shart-sharoitlari (ekotop)ga 
o‘z ta’sirini o‘tkazib, uni biotopga aylantiradi. 
Ekosistemaning 
abiotik muhiti (ekotop)
ni notirik tarkibiy qismlar – 
klimatop
(yorug‘lik, harorat, namlik, havo va boshq.) va tirik organizmlar 
faoliyati natijasi hisoblangan tarkibiy qism – 
edafotop
(tuproq) tashkil etadi. 
Ekotop tirik organizmlar tomonidan hali o‘zgarmagan, o‘z tuprog‘i, iqlimiga 


19
ega ma’lum hudud hisoblanadi. Ekotopga vulqon otilishi natijasida yangidan 
paydo bo‘lgan hududlarni yoki yangi paydo bo‘lgan korall orollarini misol 
qilib keltirish mumkin. Tirik organizmlar tomonidan o‘zgartirilgan ekotop 
yoki ma’lum turdagi o‘simlik va hayvon turlari yashaydigan hudud biotop 
deb ataladi. 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin