161
Atmosferaning bu turdagi moddalar bilan zararlanishi natijasida, oltingugurtning
davriy aylanishi buziladi va «kislotali yomg‘ir»lar kuzatiladi.
Biogen elementlarning
davriy aylanishi, bir-biridan aylanish tezligi,
jarayonlari
bilan tubdan farq qiladi, lekin ular orasida o‘xshashliklar ham
mavjud: 1) elementlarning davriy aylanishi energiya oqimi bilan bog‘liq;
2) oziq mahsulotlari tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementlar organizmlardagi
biokimyoviy
jarayonlarda ishtirok etadi, bu elementlar anorganik tabiatdan
tirik organizmlarga va qaytadan tabiatga qaytariladi.
Biosfera global
masshtabdagi funksional va yuksak darajadagi barqaror biosistema sifatida
biogen elementlarning davriy aylanish jarayonining natijasi hisoblanadi.
Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling:
biogeokimyoviy
jarayon-
lar, davriy aylanish, ammonifikatsiya, nitrifikatsiya, denitrifikatsiya.
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. 44-rasm asosida uglerodning davriy aylanishini izohlang.
Biosferada uglerod
qayerda to‘planadi? Tirik organizmlar uchun uglerod qanday ahamiyatga
ega?
2. 45-rasm asosida azotning biokimyoviy siklini izohlang. O‘simliklar, hay-
vonlar, mikroorganizmlar azotni qanday shaklda o‘zlashtiradilar?
3. 46-rasm asosida kislorodning biokimyoviy siklini izohlang.
K
islorodning
o‘simlik va hayvonlar hayotidagi ahamiyatini tushuntiring.
4. 47-rasm asosida suvning biokimyoviy siklini izohlang.
Suvning davriy ay-
lanishining biosfera uchun qanday ahamiyati bor?
5. 48-rasm asosida fosforning biokimyoviy siklini izohlang. Biosferada fosfor
qayerda to‘planadi?
6. 49-rasm asosida oltingugurtning biokimyoviy siklini izohlang.
O
ltingugurtning
xemosintez jarayonida tutgan o‘rnini aytib bering.
Dostları ilə paylaş: