1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


O‘ z fikringizni bildiring



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

O‘
z fikringizni bildiring.
1. Karbonat angidridning atmosferaga, shuningdek, azotning tuproq va suv 
ekotizimlariga ko‘p miqdorda ajralishi oqibatlarini ayting.
2. Biosferaning global ekotizim ekanligini isbotlang. 
Mustaqil ish uchun topshiriqlar

Biosferada kalsiyning aylanishini ifoda etuvchi sxemani ishlab chiqing.
Quyidagi mavzularda referat tayyorlang. 
1. Yerosti suvlarini muhofaza qilish insoniyatning dolzarb muammosidir.
2. Biosferaning barqarorligini ta’minlanishida o‘rmonlarning ahamiyati.
6 – Biologiya 11


162
31-§. BIOSFERA EVOLUTSIYASI. BIOGENEZ 
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
. Yerda tirik organizmlarning kelib 
chiqishi haqidagi nazariyalarni aytib bering. Evolutsiyani harakat- 
lantiruvchi omillar nimalardan iborat? 
Biosfera evolutsiyasi bosqichlari. 
V.I.Vernadskiyning asarlarida bio -
sfera evolutsiyasi konsepsiyasi muhim o‘rin tutadi. Ushbu konsepsiyaning 
asosiy g‘oyasi shundaki, biosfera tirik organizmlar ishtirokida hosil bo‘lgan 
va rivojlangan. Yer yuzida tirik organizmlar paydo bo‘lgandan boshlab 
biosfera evolutsiayasi davom etib kelmoqda. V.I.Vernadskiy biosfera 
evolutsiyasini uch bosqichga ajratadi.
Birinchi bosqich 
– Yerda hayotning va birlamchi biosferaning paydo 
bo‘lishi. Bu bosqich paleozoy erasining kembriy davrigacha davom etadi. 
Bu bosqichning asosiy omillari geokimyoviy va iqlim omillari hisoblanadi.
Ikkinchi bosqich
– ko‘p hujayrali organizmlar xilma-xilligining ortishi 
tufayli biosfera strukturasining murakkablashuvi. Bu bosqichning asosiy omili 
biologik evolutsiya hisoblanadi. Bu davr kembriy davridan boshlanib, hozirgi 
zamon odamlari paydo bo‘lishigacha davom etgan. Biosfera evolutsiyasining 
birinchi va ikkinchi bosqichlari faqat biologik qonuniyatlar natijasida kechadi, 
shuning uchun bu bosqichlarni birlashtirib biogenez davri deyiladi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin